Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Kavitatsiyadan amalda foydalanish



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə35/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176
7.10. Kavitatsiyadan amalda foydalanish.

Kavitatsiya hodisasidan amalda foydalanish ham mumkin. Xususan bu hodisani sarfni stabillash maqsadida Venturi soplolaridan foydalanishda ko’rish mumkin (7.16-rasm).



7.16-rasm. Kavitatsiya hodisasidan sarfni barqarorlashda foydalanish uchun qurilma.
Kirishdagi bosim Rkr o’zgarmagan holda, chiqishdagi bosim Rchk kamayishi bilan oqimning tezligi va sarfi ortadi. Lekin tezlik ortishi bilan soploning toraygan qismida bosim kamayadi. Bu bosim kavitatsiyaning boshlanishiga olib keluvchi bosim miqdoriga tenglashsa yoki undan kamaysa, bug’ va erigan gazlarning ajralib chiqishi natijasida suyuqlik qaynay boshlaydi. Bosimning bundan yeyingi kamayishi kavitatsiya hodisasining tezkorligi ning ortishiga va natijada qarshilikning ortishiga, suyuqlik qaynashi boshlanishidan keyin, chiqishdagi bosimning kamayib borishiga qaramay, suyuqlik sarfining o’zgarmasdan qolishiga sabab bo’ladi. Rchiq ning kamayishi faqatgina diffuzorda kavitatsiya zonasining kengayib borishiga olib keladi. Bu voqea gidrosistemalarning chiqish qismida bosim miqdorining o’zgarib turishi hollarida suyuqlik sarfini stabillash uchun kerak bo’ladi.


NAZORAT SAVOLLARI:

1. Quvurlarda bosimning kamayishi sabablarini tushuntiring.


2. quvurlarning uzunligi bo’yicha bosimning yo’qotilishi tushuntiring.
3.Quvur devorining g’adir-budirligi haqida tushuncha bering.
4.Gidravlik silliq Quvurlar haqida tushuncha bering.
5.Gidravlik g’adir-budir Quvurlar haqida tushuncha bering.
6.Mahalliy gidravlik qarshiliklar. Ularni asosiy turlari.
7.Quvurning keskin kengayishida bosimni yo’qotilishi (Bord teoremasi)
8. Bosim yo’qotilishini umumlashtirish.
9. Reynolьds sonining katta kiymatlari uchun mahalliy qarshilik koeffitsiyentini tushuntiring.
10.Reynolьds sonining kichik qiymatlari uchun mahalliy qarshilik koeffitsiyentlari o’zgarishini tushuntiring.
11.Mahalliy gidravlik qarshiliklarda kavitatsiya hodisasini tushuntiring
12.Kavitatsiyadan amalda foydalanish usullarini keltiring



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin