Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida


Mahalliy gidravlik qarshiliklarda kavitatsiya hodisasi



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə34/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176
7.9. Mahalliy gidravlik qarshiliklarda kavitatsiya hodisasi.

Suyuqliklarda gazlarning erishi haqida so’z yuritilganda biz kavitatsiya hodisasi suyuqliklarda agregat holatining o’zgarishi bilan bog’liq ekanligini aytgan edik. Kavitatsiya hodisasi bosimning kamayishi yoki haroratning ortishiga bog’liq. Mahalliy qarshiliklarda harorat o’zgarmay, oqim kesimining o’zgarishi natijasida suyuqlikda erigan gazlarning miqdori o’zgaradi. Suyuqliklarning zichligi (yoki solishtirma hajmi) deyarlik o’zgarmagani uchun unda erigan gazlarga Boylь-Mariot qonunini qo’llash mumkin bo’ladi:


pV=RT,
bu yerda: r-bosim; V-solishtirma hajm; T-absolyut harorat; R-gaz doimiysi.
Suyuqlik oqimlarida harorat o’zgarmagani va ko’ndalang kesim kichrayganda bosim kamayib, kesim kattalashganda esa bosim ortgani uchun mahalliy torayish mavjud joylarda tezlik ortib bosim kamayadi (masalan, keskin torayish, konfuzor, jo’mraklar, eshikchalar, diafragmalar va x.k.). Agar bu yerda absolyut bosim suyuqlikning to’yingan bug’larining shu haroratdagi portsial bosimiga teng bo’lsa, u holda bug’lanish va erigan gazlarning ajralish hodisasi yoki mahalliy qaynash hodisasi ruy beradi. Torayishdan keyin kengayish boshlanishi bilan bosim ortib, qaynash to’xtaydi va ajralgan bug’lar kondensatsiyalanib, gazlar eriydi, ya’ni kavitatsiya hodisasi yuz beradi. Kavitatsiya hodisasi yuqori chastotali mahalliy kichik gidravlik zarbalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu hodisa gidrosistemalarda odatdagi tartibning buzilishiga, ayrim hollarda esa uning qismlarining ishdan chiqishiga sabab bo’ladi, quvurlarda qarshilikning ortishiga olib keladi.
Shuning uchun mahalliy qarshiliklarda kavitatsiyaning kelib chiqishiga qarshi kurash olib boriladi. Bunday usullardan biri mahalliy qarshilikning bosim kamayuvchi qismida klapanlar yordamida bosimni ko’tarishdan iborat. Lekin bu usul bosimning kamayish darajasi yuqori bo’lganda ko’p foyda bermaydi, ammo kavitatsiyaning zararli ta’sirini kamaytirishga yordam beradi



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin