Gidravlikaning o’rganish sohasi va tarixi suyuqliklarning modellari haqida



Yüklə 3,27 Mb.
səhifə36/176
tarix24.12.2023
ölçüsü3,27 Mb.
#190939
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   176
TAYANCH IBORALAR:

Absolyut g’adir-budirlik, absolyut harorat; berkitkich, Bernulli tenglamasi, Blazius formulasi, Bord formulasi, bosimning kamayishi, burilish burchagi, burilish, ventilь, Venturi soplolari, g’adir-budirlik, gaz doimiysi, gazlarning erishi, gidravlik zarba, gidravlik qarshilik kvadrat qonuni, gidravlik silliq soha, gidrosistemalar, Daysi-Vaysbax formulasi, Darsi koeffitsiyenti, diafragma, ichki qarshilik, ishqalanish koeffitsiyenti, ishqalanishga yo’qotish, kavitatsiya hodisasi, qarshiliklar, kattaligi, kvadratgacha qarshilik soha,kesimlar nisbati, keskin kengayish, keskin torayish, qovushoqlik, konuslik burchagi, kran, laminar harakat, laminar chegaraviy qavat, laminarlik darajasi, mahalliy qarshilik koeffitsiyenti, mahalliy qarshilik, Nikuradze grafigi, oqim sirti, oqimning sarfi, oqimning tezligi, ochilish burchagi, Prandtlь formulasi, p’ezometr, real suyuqlik, Reynolьds soni, sarfni stabbillash, sirtdan ajralish, solishtirma kinetik energiya, solishtirma hajm, tezlik bosimi, tezlik, tekis barqaror harakat, tekis torayish, energiya.


8 – MAVZU: SUYUQLIKLARNI TESHIKDAN, MAXSUS QURILMADAN OQIB CHIQISHI
REJA:
8.1. Yupqa devorli kichik teshikdan va maxsus qurilmadan cuyuqlikning oqib chiqishi.
8.2. Siqilish, tezlik va sarf koeffitsiyentlari
8.3. uyuqlikning silindr naychadan oqishi.
8.3.1.Turli xil naychalar
8.4. Maxsus qurilmalarni turlari va ularning tafsiloti
8.5. Suyuqliklarning teshikdan o’zgaruvchan bosimda oqishi.


8.1. Yupqa devorli kichik teshikdan va maxsus qurilmadan cuyukliqni oqib chiqishi.


Biror katta idishda suyuqlik r1 bosim ostida saqlanayotgan bo’lib, u ozod sirtidan Na masofadagi kichik teshikdan oqayotgan bo’lsin. Diametri idish o’lchamlariga qaraganda juda kichik bo’lgan teshik kichik teshik deb ataladi. Yupqa devor deb oqayotgan suyuqlik teshikning faqat ichki qirrasiga tegib, uning yon sirtiga tegmagan holda aytiladi. Bunday hol devor qalinligi teshik diametridan bir necha barobar kichik bo’lsa, yoki teshik kesimining ichki qirrasidan tashqariga kengayib borsagina o’rinli bo’ladi. (8.1 - rasm).


8.1-rasm

Bu holda suyuqlik zarrachalari teshik atrofidagi hajmdan tashqariga qarab harakat qiladi va teshikka yaqinlashgan sari tezlashib boradi. Shu bilan birga suyuqlikning oqayotgan zarrachalarining barchasi uchun bir xil sharoit bo’lib, ular silliq traektoriya bo’yicha harakat qiladi va teshik qirrasida idish devoridan ajraladi. Bundan keyingi oqish davomida oqimchaning kesimi bir oz torayadi va silindrik shakl qabul qiladi. Ko’rilayotgan holda asosiy masala teshikdan oqayotgan suyuqlikni tezligini topishdan iborat suyuqlikka to’ldirilgan idishda yuzasi S1 bo’lgan (erkin sirt) va S2 bo’lgan yuzasi S1 bo’lgan (erkin sirt) va S2 bo’lgan 2-2 kesimdan oqayotgan suyuqlik oqimchasining teshik oldidagi kesimlari uchun Bernulli tenglamasini yozamiz:

B
undan teshik uchun mahalliy qarshilik koeffitsiyenti  nolga teng bo’lgan holda z1 - z2 = H va 1S1=2S2 ekanligini hisobga olsak, ushbu tenglamani olamiz:


B

u tenglamadan oqimchaning nazariy hisoblangan tezligi uchun quyidagi munosabat kelib chiqadi:


Agar idishning kesimi S1 ga nisbatan teshikning kesimi S2 juda kichik bo’lsa, u holda

I
dishdagi suyuqlik sirtida ham, teshik tashqarisida ham atmosfera bosimi bo’lsa yoki p1 =p2 bo’lsa, u holda


Bu formula Torichelli formulasi deb ataladi, u suyuqlikning tor teshikdan oqishi tezligini hisoblash uchun nazariy formuladir.
Suyuqlikning teshikdan oqish tezligi ma’lum bo’lgan holda, uning sarfini hisoblash qiyin emas.
Qn = nS2

Lekin amalda oqimcha teshikdan chiqayotganda uning kesimini torayishi sababli ko’rilayotgan masala biz ko’rgandagiga qaraganda murakkabroq bo’ladi. Shuning uchun biz chiqargan tezlik formulalari tezlik va sarfni nazariy tekshirish uchun qo’llanilib, amalga esa ularga ma’lum tuzatishlar kiritiladi.



Yüklə 3,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin