Solishtirmaog`irlik.Hajm birligidagi modda og`irligi suyuqliklarning solishtirmaog`irligideb ataladi va grekcha γ harfi bilan belgilanadi.
γ =G/V
bu yerda: V-suyuqlik hajmi (birligi m3),
G–og`irligi (birligi H).
Solishtirma og`irlikning o`lchov birligi СИ da H/m2texnik sistemada esa kg/m3 bo`lib, ular o`zaro quyidagicha bog`langan:
1kg/m3=9,80665H/m2 Solishtirma og`irlik hajmi ariometr bilan o`lchanadi.
Solishtirma og`irlik bosimga va temperaturaga bog`liq bo`lib, ular o`rtasidagi munosabat ideal gazlar uchun quyidagi formula bilan ifodalanadi.
p/ γ =RT bu yerda: p-bosim, T–mutlak harorat, R-gaz doimiysi (Rhavo=287J/kg.grad, Rmetan=518J/kg.grad)
Suyuqlik solishtirma og`irligining 40Сdagi suvning solishtirma og`irligiga
nisbati uning nisbiy solishtirma og`irligi bo`ladi.
Solishtirma hajm. Suyuqlikning og`irlik birligiga to`g`ri kelgan hajmi suyuqliklarning solishtirma hajmi deyiladi va hajmni og`irlikka bo`lish yo`li bilan aniqlanadi:
v=V/G (1.1) va (1.3) formulalardan ko`rinib turibdiki,
γ v=1yoki v=1/ γ
Solishtirma hajm ham solishtirma og`irlik kabi bosim va haroratga bog`liq:
pv=RT Zichlik. Suyuqlikning hajm birligiga to`g`ri kelgan tinch holatdagi massasi suyuqlikningzichligideyiladi.
p=M/V,
M-suyuqlikning massasi.
Zichlikning o`lchov birligi quyidagicha: