Gidravlikaning hozirgi zamon mashinasozligida va qishloq xo`jaligida tutgan o`rni va qo`llanishi.
Tog`-kon sanoatida gidroyuritmalar 1933-1937 yillarda foydalanila boshlandi. Navoiy va Olmalik tog`-kon metallurgiya kombinati qurilishi bilanoq mamlakatimizda ularga gidromashinalar va gidrouzatmalar qo`llanishi juda tez taraqqiy qila boshladi.
Hozirgi kunda bu qurilmalardan paxta terish mashinalari, traktorlar, buldozirlar, turli avtomobillar va boshqa mexanizmlarda keng qo`llanilmokda.
Gidravlika va gidromashinalar taraqqiyotining istiqbollari yuqorida aytilgan miqyosda quyidagilarni o`z ichiga oladi. Yanada quvvatliroq va foydali ish koefftsiyenti yuqoriroq nasoslar, turbinalar va gidrouzatmalar yaratish va ularni amalda joriy etish;
-gidromashinalarni va gidrotexnik inshootlarni loyihalashda hozirgi zamonaviy hisoblash usullarini qo`llash va EHM larda ko`proq foydalanish. Mashinalarni avtomatik boshqarish sistemalari asosida boshqarishga o`tish.
-gidrouzatmalardan qo`llaniladigan ish suyuqliklarining arzonroq va sifatliroq turlarini yaratish, ish suyuqliklarining tirqishlaridan sizib ketishini kamaytirish yo`llarini topish.
-ba'zi sharoitlarda mashinalarning moylash sistemalarini takomillashtirish va uni asosiy qurilmalardan ajratish;
-gidromuftalarda issiqlikdan himoya vositalarini takomillashtirish va yangi konstruktsiyalarni yaratish;
-pnevmouzatmalarda siqilgan havo tayyorlab beruvchi qismlarni va pnevmosistemalardagi tirqishlarni berkituvchi bo`limlarini yaxshilash va hokazo.
-Hozirgi zamon qishloq xo`jaligini sug`orishda tomchili va tuproqostisug`orish sistemalarni bizning sharoitga mos keluvchi sxemalarini yaratish.
Suyuqliklar to`g`risida asosiy tushunchalar.
Juda kichik kuchlar ta'sirida o`z shaklini o`zgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Suyuqliklar qattiq jismlardan o`z zarrachalarining juda harakatchanligi bilan farq qiladi va oquvchanlik xususiyatiga ega bo`ladi.
Suyuqliklar ikki guruhga bo`linadi: tomchilanuvchi va gazsimon suyuqliklar. Suyuqlik deganda tomsilanuvchi suyuqlik tushuniladi. Ularga suv, spirt, neft, simob, turli moylar va boshqalar kiradi. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega:
hajmi bosim ta'sirida juda kam o`zgaradi.
harorat o`zgarishi bilan hajmi o`zgaradi.
cho`zuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko`rsatmaydi.
sirtida molekulalararo qovushqoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi.
Gazlar tomchilanuvchi suyuqliklarga nisbatan tez harakatlanuvchi zarrachalardan iborat bo`lib, ularning hajmi bosim va harorat ta'sirida tezrok o`zgaradi.
Gidromexanika kursida asosan tomchilanuvchi suyuqliklarni to`g`ridan- to`g`ri suyuqlik deb ataymiz.
Suyuqliklar tutash jismlar qatoriga kiradi va muvozanat hamda harakat vaqtida doimo qattiq jismlar: suyuqlik solingan idish tubi va devorlari, truba hamda kanallarning devorlari va boshqalar bilan chegaralangan bo`ladi. Suyuqliklar gazlar (havo) bilan ma'lum chegara bo`yicha ajralishi mumkin. Bu chegara erkin sirt deyiladi.