Bu yerda: ∆p=p-po-o`zgargan va boshlang`ich bosimlar ayirmasi.
Suyuqlikda ichki ishqalanish haqida Nyuton gipotezasi.
Suyuqlikni yuzasi katta bo`lgan idishga solib, uning yuziga biror plastinka qo`ysak va bir plastinkani ma'lum bir kuch bilan torta boshlasak, suyuqlik zarrachalari plastinka sirtiga yopishishi natijasida harakatga keladi (1.2-rasm).
Agar plastinkaning F kuch ta'sirida olgan tezligi U bo`lsa, u bilan yonma-yon turgan zarrachalar ham Utezlikka ega bo`ladi.
Suyuqlikning qalinligi bo`yicha bir qancha yupqa qatlamlar bor deb faraz qilsak, u plastinkadan pastki devorga tomon kamayib boradi. Harakat ixtiyoriy qatlamda uning ustida joylashgan boshqa qatlam zarrachalari orqali beriladi. Bu harakat suyuqlik qatlamlarining deformatsiyalanishiga olib keladi.
1.2-rasm. Qovushoqliktushunchasigadoirchizma Agar suyuqlik ichida pastki sirti idishning asosidan y1masofada, ustki sirti esa y2masofada bo`lgan suyuqlik qatlamini ko`z oldimizga keltirsak, yuqoridagi muloxazalarga asosan uning pastki sirtida tezlik u1, yuqori sirtida esa u2bo`ladi.
Shunday qilib, olingan qatlamning qalinligi ∆y=y2-y1bo`yicha suyuqlik tezligi
u2-u1=u miqdorga o`zgaradi, ya'ni qatlamning yuqorigi sirti pastki sirtiga nisbatan siljiydi va qatlam 1.2-rasmdagi shaklda ko`rsatilgandek deformatsiyalanadi. Siljish burchagini deb belgilasak, siljish kattaligi tg=u/ybo`ladi. qatlam qalinligini cheksiz kichraytirib, differentsial belgilashga o`tsak, u holda yuqoridagi nisbat tezlik gradiyenti (du/dy)ni beradi.
Suyuqlik sirtidagi plastinkaga qo`yilgan kuch qancha katta bo`lsa, siljish shuncha ko`p bo`ladi. Bu esa qo`yilgan kuch bilan tezlik gradiyenti orasidagi bog`lanishni ko`rsatadi. Shunday qilib, suyuqliklardagi ichki ishqalanish kuchi tezlik gradiyentiga bog`liq.
1686 yili I.Nyuton ana shu bog`lanishni chiziqli bog`lanishdan iborat degan gipotezani oldinga surdi. Bu gipotezaga asosan, suyuqlikning ikki harakatlanuvchi qatlamlari orasidagi ishqalanish kuchi Fqatlamlarning tegib turgan sirti Sva tezlik gradiyenti dU/dyga proportsional, ya'ni
F=µ Sdu/dy Proportsionallik koeffitsiyenti µdinamik qovushqoqlik deb ataladi. Hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun ishqalanish kuchining birlik yuzaga to`g`ri kelgan kattaligi yoki ishqalanish kuchidan hosil bo`lgan urinma zo`riqishdeb atalgan kattalikka o`tish zarur bo`ladi. Bu kattalik grekcha harfi bilan belgilanadi.
=F/S= µdu/dy bunda musbat va manfiy ishora tezlik gradiyenti yo`nalishiga qarab tanlanadi.
FOYDALANİLGAN ADABİYOTLAR 1. K.Sh. Latipov "Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar" Toshkent, O`qituvchi" nashriyoti, 1992 y.
2. K. Latipov, S. Ergashev "Gidravlika va gidromashinalar" Toshkent, "O`qituvchi" nashriyoti, 1986 y
3. A.Yu. Umarov "Gidravlika", Toshkent, "O`zbekiston" nashriyoti, 2002 y.
4. Uginchus, Chugaeva Ye.A. "Gidravlika", Leningrad, 1971 y.
5. V.A. Bolshakov Spravochnik po gidravlike, Kiev, 1974 g.