Gidravlikaning o`rganish sohasi


Suyuqlikka ta'sir etuvchi kuchlar



Yüklə 227,21 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü227,21 Kb.
#195497
1   2   3   4   5   6   7
Gidravlika mustaqil ish

Suyuqlikka ta'sir etuvchi kuchlar.


Odatda suyuqlikka ikki turdagi tashqi kuchlar: sirtqi va massali kuchlar ta'sir qiladi. Masalan, sirtli kuchdan bosim kuchi bo`lib, u suyuqlik hajmi sirtiga qo`yilgan va shu yuzaga proportsionaldir. Massali kuchlar suyuqlikni tashkil qiluvchi har bir zarracha massasiga proportsionaldir. Bu kuchlar qatoriga og`irlik, inertsiya va shunga o`xshaganlar kiradi.
Suyuqlik tinch holatda bo`lganda, unda qovushqoqlik kuchi bo`lmaydi. Shu sabali bu holda suyuqlik ideal suyuqlik xususiyatlariga ega bo`ladi va gidrostatika masalalari ideal suyuqlik deb qarab olingan yechimlari katta aniqlikda bo`ladi. Tinch holatdagi suyuqlik ichida paydo bo`lgan siquvchi kuchlanish gidrostatik bosim yoki gidrostatik bosim kuchlanishi deb ataladi.
Endi gidrostatik bosim tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan asosiy qoidalarni o`rganamiz. Bu uchun muvozanatda turgan qanaqadir hajmdagi suyuq jism olamiz. (1.1-rasm)
Olingan hajmdagi suyuqlikni VS tekislik bilan ikki qismga bo`lamiz. Shu bo`lingan birinchi I qism VS bo`luvchi tekislik orqali II-qismga ta'sir qiladi. Bo`luvchi tekislik yuzasini S deb belgilaymiz. Fikran birinchi qismni tashlab yuboramiz. Qolgan II-qism muvozanatda bo`lishi uchun tashlab yuborilgan I-qism o`rnini gidrostatik bosim kuchi deb ataluvchi va shu S yuzaga ta'sir qiluvchi P kuch bilan almashtiramiz.
Qaralayotgan S yuzaga ta'sir qiluvchi P kuch gidrosttik bosim kuchi yoki qisqacha gidrostatik kuch deyiladi. P kuch II qismga nisbatan tashqi kuch, butun hajmga nisbatan esa ichki kuch hisoblanadi. P kuchning S yuzaga nisbati bu yuzaning birlik miqdoriga ta'sir qiluvchi kuchni beradi va o`rtacha gidrostatik bosim deb ataladi:
Po’rt= P/S
Agar S yuzani kichraytirib borib, nuqtaga intiltirsak (S 0), Po’rt biror chegaraviy qiymatga intiladi.
P = lim(P / S )
Bu qiymat A nuqtaga ta'sir qilayotgan bosimni beradi va u gidrostatik bosim deb ataladi. Umumiy holda gidrostatik bosim r bilan o`rtacha gidrostatik bosim ro`rt teng emas.
Gidrostatik bosim H /m2 bilan o`lchanadi.


1.1-rasm. Suyuqliklarda bosim tushunchasiga doir chizma.



Yüklə 227,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin