Amaldagi yil usuli gidrometrik kuzatish m a ’lumotlari 15 yildan
kam b o'lm agan davr mavjudligida suv oqim ining yil ichida
taqsimlanishini hisoblashda qo'llaniladi.
Amaldagi yil usulining mohiyati shundaki, tanlangan ayrim
(amaldagi) kuzatish yilidagi suv oqim ining yil ichida taqsim la
nishi shu yildagi cheklangan (suv yetishmasligi) davr va mavsum-
dagi ham da m inim al (yoki maksimal) oylik suv sarflarining
oshib ketish ehtimoli bir-biriga yaqin bo'lsa
va loyihalash shartlari
bo'yicha berilgan har yilgi oshib ketish ehtimoliga mos
kelgan
taqdirda hisobli deb qabul qilinadi.
Ayrim tanlangan yil orahqlaridagi oqim ning oshib ketish
ehtimoli talab qilingan oshib ketish ehtim olidan farq qilishi
20% dan oshmasligi kerak.
Bu usul bo'yicha hisoblashlar quyidagi ketm a-ketlikda olib
boriladi:
1. Kuzatishlar qatori uchun yil, cheklangan (suv yetish
masligi) davr va mavsumdagi oylik suv sarflari yig'indilari an iq
lanadi va minimal ham da maksimal suv sarflari tanlanadi.
2. H a r bir suv xo'jaligiga taalluqli hosil bo'lgan
miqdorlar
kamayish tartibida yoziladi, ularga tegishli oshib ketish ehtimoli
4.2-formula bo'yicha hisoblanadi.
3. Mavjud yillar ichidan shunday yil tanlanadiki, unda yil
cheklangan davr va mavsum ham da m inim al (yoki maksimal)
suv sarfi uchun oshib ketish ehtimoli bir biriga yaqin bo'ladi va
suv xo'jaligi foydalanishi talablariga javob beradi.
4. Tanlangan yil uchun suv oqim ining oylar bo'y icha nisbiy
taqsimlanishi (yillik oqimga nisbatan %) belgilanadi.
Hisobli yillik loyihada ko'rsatilgan oshib ketish ehtimoli %
quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
*
Qp%oy= K h%Q . \ 2
(4.37)
bu yerda:
Kh%
— oshib ketish ehtimoli egri chizig'i
ordinatasi
(ilovadan topiladi);
Q —
o'rta cha ko'p yillik oqim (me'yor): 12-
yildagi oylar soni katta aniqlik talab qilinadigan hisoblar uch u n
Q —
12 o'rniga oqim hajmidan foydalaniladi.
Asoslangan amaldagi yilni tanlash imkoni faqatgina kuzatish
davri 20 yildan kam b o'lm agandagina paydo bo'ladi. Amaldagi
yil usuli b o 'y ic h a tuzilgan hisobli gidrograf haqiqatan ham
bo'lgan, a m m o hech q a c h o n kuzatilm aydigan hisobli oshib
149
ketish ehtirnoliga y aq in b o 'l g a n a yrim
yil x u su siyatlarini
ifodalaydi.
Yuqorida bayon qilingan usul bo'yicha oqim ning yil ichida
taqsimlanishini hisoblash: 4.4-va 4.5-jadvallarda bajariladi.
4.4-jadvaldan o'zingizga tegishli variantdagi daryo suv sarflari
y ig 'in d isin i (4 .4 -ja d v a l, 2 —6 - u s t u n l a r ) suv xo 'jalig i yili,
cheklangan davr, mavsum va oyning suv xo'jaligi yili tartibida
keltiramiz.
2.
Suv xo'jaligi yili, cheklangan davr, mavsum va oyning
yig'indi suv sarflarini kamayish tartibida yozib chiqamiz va ularning
empirik ta ’minlanganligini 4.37 formula bo'yicha hisoblaymiz.
Oqimning yil ichida taqsimlanishi t a ’minlanganlik
P —
80%
u c h u n h is o b la n ila y o tg a n lig i
sab a b li, u nga y aq in b o 'l g a n
t a ’m in la n g a n lik qaysi suv xo'jaligi yiliga t o 'g 'r i kelganini
aniqlaymiz. Bizning misolda
P
=80,92% ga 1962/63 suv xo'jaligi
yili to'g'ri keladi va uni amaldagi yil deb qabul qilamiz. Odatda
t a ’minlanganlik foiziga qarab kuzatish qatoridagi har bir yilning
suvliiigini baholash m um kin. T a ’minlanganligi
P <
33% bo'lgan
yillar sersuv. T a ’minlanganligi 33 dan 66% bo'lgan yillar suvli-
ligi o'rtacha hisoblanadi.
Kamsuv yilda esa
P >
66% bo'ladi. Kamsuv
yillaming cheklangan davr, mavsum, oyi suvdan foydalanuv-
chilarni k o'proq qiziqtirgani sababli jadvalning quyi qismini
( P > 66%)
tahlil qilamiz.
Tanlangan amaldagi yilni masalan, (1962/63)cheklangan davr,
mavsum va oydagi qaytarilishini belgilaymiz va ularga mos kelgan
t a ’minlanganlik foizlarini qayd etamiz:
P =
80%:
P h = 7\% :
^ m = 5 7 %:
=66% .
1962/-63 yil amaldagi yil deb qabul qilinadi, chunki shu
yilda suv sarflarining oylar bo'y icha taqsimlanishi S o'x daryosi
uchun xos bo'lgan. Yillik oqim, cheklangan davr,
mavsum va
oyning t a ’minlanganligi
P
hisobli t a ’m inlanganlikdan og'ishi
20%dan kam. Hisobli yillik suv sarfi aniqlanadi:
Qp = Kp% Q
12 = 0,89-41,1 12 = 439 m 3/ s
Ko'rilayotgan yildagi oylar bo'yicha oqim ning nisbiy (%da)
taqsimlanishi hisoblanadi, shundan so'ng xuddi shunday foizli
o'z arn nisbat b o'yicha hisobli suv sarfi
Q
%= 439 m 3/ s ni yil
ic h id a t a q s im la y m iz va hisobli g id ro g ra fn i tu z ish u c h u n
m a ’lumotlarni hisoblaymiz.
150
♦