2.6. Daryo haqida umumiy ma’Iumotlar
Daryo tarmoqlari va ularning xususiyatlari.
Tabiiy
chuqur-
likda harakat qiladigan va doimiy suv oqimiga ega bo ‘lgan o ‘zanlar
d a r y o deyiladi. H ar qanday daryoning boshlanadigan joyi,
o'rta oqimi, quyi oqimi va quyilish joyi bor. Daryolar buloqlardan,
sizot suvlaridan, botqoqliklardan, ko'llardan,
doimiy qor va
muzliklardan boshlanadi. Daryoning qanday yerdan boshlanishi
uning suv rejimi xususiyatiga ham t a ’sir etadi. Agar daryolar
ko‘l va muzliklardan boshlansa sersuv, aksincha, botqoqlardan,
sizot suvlardan boshlansa kam suvli bo'ladi.
D aryoning boshlanish joyiga yaqin b o ‘lgan
qismi uning
y u q o r i o q i m i deyiladi. Daryo suvi bu qismda o ‘rta qismida-
giga nisbatan kam suv boMsada, tez oqadi, chunki daryo nishabi
katta bo'ladi. Daryolar o ‘rta qismida o'rtacha tezlikda oqadi. Odatda,
juda ko'p daryolar quyi oqimi—tekislikda sekin oqadi.
Daryoning
dengizga, ko'lga, biron boshqa kattaroq daryoga quyiladigan joyi
uning q u y i l i s h j o y i deyiladi. Ba’zi daryolar, masalan, Zaraf
shon, Qashqadaryo suvi ko'lga, dengizga yoki biror daryoga
oqib bormasdan, balki sug'orishga sarf bo'ladi. Okean, dengiz,
ko'lga yoki biror daryoga oqib bormasdan sug'orishga sarflangan
daryo bosh daryo va unga yon to m o n id a n qo'shiladiganlari esa,
uning i r m o q l a r i deyiladi. H a r
qanday daryoning irmoqlari
bor. Bosh daryoga nisbatan uning irmoqlari icamsuv va kalta bo'ladi.
Bosh daryoning oqish tom oniga qarab turilsa, daryoga uning
o 'n g to m o n id a n quyilayotgan irm oq o ' n g i r m o q , chap
tom o n id a n quyilayotgan irmoq c h a p i r m o q deb ataladi.
Masalan, Am udaryo uchun Kofirnixon o 'ng irmoq, Afg'onis-
tondan oqib kelayotgan Surhob esa chap irmoqdir. M a ’lum havza
hududidan oqadigan bosh daryo va uning katta-kichik irmoqlari
d a r y o t a r m o g ' i n i tashkil etadi. Daryo tarmog'i bosh
daryo
va uning irmoqlaridan iborat b o 'ladi (2.5-rasm).
Daryo tarm og'i xususiyatlariga uning u z u n l i g i , d a r y o
s o y l a r i n i n g z i c h l i g i v a e g r i - b u g r i l i g i kiradi.
D a ry o larn in g bosh lan ish yeridan q u y ar y erigacha b o 'lg a n
umumiy masofasi uning uzunligi deyiladi. Masalan, Zarafshon
daryosining uzunligi Z a r a fsh o n
m uzligidan Sandiqli qish-
log'igacha 781 km. Daryoning uzunligi iloji boricha masshtabi
kattaroq xaritadan kurvimetr yoki bo'lm asa sirkul yordamida
o'lchanadi.
Yer sharidagi eng uzun daryo Missisipi (7330 km) hisobla-
naai. M D H d a esa eng uzun daryo Ob (5570 km), O'rta Osiyoning
eng uzun daryosi Sirdaryo (3020 km).
Daryolarning egri-bugriligi
38