Gidrosfera haqida tushuncha. Suvdan foydalanish muammolari. Oqava suvlarini tozalash usullari



Yüklə 34,28 Kb.
tarix21.05.2023
ölçüsü34,28 Kb.
#118652
Gidrosfera haqida tushuncha. Suvdan foydalanish muammolari. Oqav


Gidrosfera haqida tushuncha. Suvdan foydalanish muammolari.Oqava suvlarini tozalash usullari
Rustamov Sardorbek Umarjon o‘g‘li
Farg’ona Politexnika instituti
sardorbekrustamov80@gmail.com
Gidrosfera - Yer massasining atigi 1/4100 qismini tashkil etadi. Gidrosferaning eng asosiy qismi – Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln. km2)ning 361 mln.km2 ni, yoki 71 % ni Gidrosfera qoplab olgan, koʻl va daryolardagi suvlar esa quruqlik maydonining 6 % chasini egallab turadi. Yer kurrasidagi barcha abadiy qor va muzliklarning umumiy maydoni 21 mln. km2, bu esa Yer yuzasi umumiy maydonining 4 % ini, quruqlik maydonining 14 % ini tashkil etadi. Gidrosferaning kimyoviy tarkibi dengiz suvining oʻrtacha kimyoviy tarkibiga juda yaqin, undagi eng muhim kimyoviy elementlar: kislorod - 85,8 %, vodorod -1 0,8 %, xlor va natriy - 2,95 %. Gidrosfera suvlari uzluksiz va tez harakat qilib, tabiatda aylanib turadi va atmosfera, litosfera  va biosfera bilan chambarchas bogʻlanishda boʻladi. Gidrosfera gidrologiya, okeanologiya, geologiya, geokimyo kabi qator geografik fanlarning tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Oddiy Sharoitda toza suv - rangsiz, hidsiz va ta’msiz suyuqlik, 2 m dan qalin qatlamdagi suv moviy rangga kiradi. Suv normal atmosfera bosimida 100OC da qaynaydi. Agar suvni -1OC dan past haroratgacha sovitilsa, qattiq holatga - muzga o‘tadi, muz 0OC da suyuqlanadi (eriydi). +4OC da suvning zichligi eng katta qiymatga 1 gg‘sm3 ga teng bo‘ladi.Toza suv elektr tokini yomon o‘tkazadi. Nisbatan yuqori barqarorligiga qaramasdan suv kuchli reaktsion qobiliyatli birikma hisoblanadi. Oddiy Sharoitda suv ftor bilan reaktsiyaga kirishib, kislorodni siqib chiqaradi Kaliy, natriy, litiy suvni parchalaydi, bunda ishqor va vodorod hosil bo‘ladi. Suvning eng qiziq va foydali xossalaridan biri - uning ko‘p moddalarni eritish xususiyatidir va bu xususiyat almashinuv jarayonlari bilan birgalikda tirik organizmlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Gazlar suvda kam eriydi.Tabiatda suv hamma joyda uchraydi, ko‘plab jarayonlar va hodisalarning amalga oshishida suvning roli juda ulkan.
Yerdagi suv zahirasi. Okean va dengizlar yer shari yo‘zasining 70% dan ortigini qoplagan. Ko‘llar va daryolar quruqlikning qariyib 3%ni egallaydi. Quruqlikning 16 mln. kv.km.ni mo‘zliklar qoplagan. Botqoqlar va botqoqlashgan erlar 6 mln.kv.km.ni egallab turibdi. Bularning hammasi planetamizda suv zahirasi cheksizdek tasavvur hosil qiladi. Biroq chuchuk suv butun resurslarning 2%ni tashkil etadi va uning ko‘p qismi Grelandiya va Antarktidaning muzliklarida to‘plangan.
Bizning asrimizda suv – sanoat hom ashyo si bo‘lib juda qimmat bahodir. Masalan 1 tonna chuyan olish uchun 300 kub metr, 1 tonna mis olish uchun 500 kub metr , 1 tonna rezina va 1 tonna sintetik kauchuk olish uchun – 3500 kub metrdan , 1 tonna nikelga 4000 kub metr suv kerak bo‘ladi. ZIL zavodi har kuni 120 ming kub metr suv ishlatadi. Suv havzalari ifloslanishining 2 ta manbai ma’lum: mineral va organik, Shu jumladan bakterial. Suv erda organizmlarning yashashini va ular hayot faoliyati jarayo nining rivojlanishini ta’minlaydi. Tirik organizmlar suvsiz yashay olmaydi. Suv hayvonlar va o‘simliklar kataklari va to‘qimasiga kiradi. Katta yoshdagi kishi tanasining 60-80% suvdan tashkil topgan. Bodring salatida 95%, pomidorda, sabzida 90% suv bor.
Sanoat va maishiy ehtiyojlarga katta miqdorda suv sarflanadi. Sanoatda uning asosiy qismi energiya ishlab chiqarish va sovutish uchun ishlatiladi. Qayta ishlash sanoatida suvning ko‘p qismi turli tehnologik jarayonlarga: eritish, aralashtirish, tozalashga saraflandi.
Suv ta’minoti inson hayoti va uning yanada tarakkiy etishida muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mutahassislarning fikricha, planetamizda suv tanqisligi yaqinlashmoqda. Bunda asosiy suv manbalari- daryo va sizot suvlar deyarli tugaydi. Ichish uchun bir litrida 1 g.to‘z bo‘lgan suv yaroqli hisoblanadi. Sug’orish uchun ham tahminan Shunday suv kerak. Ko‘pgina hayvonlar 1 litrida 6-7 g.gacha to‘z bo‘lgan Sho‘rroq suvlarni ichishadi. Suvda yodning yo`qligi odamda buqoqning rivojlanishiga, ftorning ko‘pligi yoki kamligi tishlarning ishdan chiqishiga olib keladi.
Suv havzalarining ifloslanish manbalari. Dengiz va okeanlar suvlari neft mahsulotlari ayniqsa, neft tashiydigan kemalar haloqatga uchraganda, yadro qurolini sinash vaqtida hosil bo‘ladigan radiaktiv parchalanish mahsulotlari bilan ifloslanadi. Ko‘pgina hollarda kommunal manbalardan (kanalizatsiya, hammom, kirhonalar, kasalhonalar va b.) chiqqan suvlar ham suvni ifloslantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:
1. https://1ppa.ru/uz/uplata-nalogov/problemy-urbanizacii-urbanizaciya-naseleniya-urbanizaciya-i-ee-socialnye/
2.Ekologiya(A.To’xtayev).
3.Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari(P.Sultonov).
Yüklə 34,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin