27-rasm. Kuraklarda tik turish. Ushbu mashq gavda mushaklarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Mashqni o‘g‘il bolalar ham, qizlar ham asta-sekinlik bilan bajarishlari mumkin.
Bu mashqni bajarish uchun avval chalqanchasiga yotib, so‘ng oyoqlarni bir tekis tepaga ko‘tarish kerak. Qo‘llar yordamida gavdaning past qismi ko‘tariladi va oyoqlar tik holatga keltiriladi.
Orqaga umbaloq oshib, kuraklarda tik turish. Buning uchun cho‘qqaygan holda qo‘llarni polga qo‘yib, g‘ujanak bo‘lib o‘tiriladi. So‘ngra oyoqlarni poldan uzmay, yumalab kuraklarga turiladi. Keyin qo‘llarni tezda tirsaklardan bukib, tayanch holatiga keltiriladi, kaftlarni belga tirab, tosni tushirmasdan, gavda tik ushlanadi (27-rasm). Mashq bajarilayotganda yonida turgan sherigi uning belidan, oyoqlaridan ushlab, tik holatda turishiga ko‘maklashishi mumkin.
Oyoqlarni bukib, qo‘llar yordamida boshda tik turish. Bu mashqni bajarish uchun avval cho‘qqayib o‘tiriladi, so‘ng qo‘l kaftlarini yelka kengligida ochib, oldinroqqa polga, peshana ham kaft oldiga polga qo‘yiladi, go‘yo uchburchak hosil qilinadi. Oyoqlar bilan itarilib, ularni bukkan holda bir necha soniya ushlab turiladi. So‘ng dastlabki holatga qaytiladi. Mashq bajaruvchining yonida turgan sherigi unga oyog‘i va belidan ushlab turishiga yordamlashishi mumkin.
Orqaga umbaloq oshib, yarimcho‘zilgan holda (yarimshpagat) o‘tirish. Bu mashq qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, avval orqaga umbaloq oshiladi, keyin bitta tizzada turib qolinadi. So‘ng gavda to‘g‘rilanib, orqaga bir oyoq cho‘ziladi va yarimshpagat holatda o‘tiriladi.
28-rasm. Chalqancha yotgan holatdan „ ko‘prik“ holatiga o‘tish.
Xulosa Xulosa qilib shuni aytganda qisqa masofadan yugurib kelib, gimnastik „ kon“ ustidan yonboshlab (ko‘ndalang) sakrash (qizlar uchun). Bu mashqni bajarish uchun ko‘prikchadan dadil sakrab, qo‘llar „kon“ ustiga to‘g‘ri qo‘yiladi, yonboshlagan holda gavdani ko‘tarib, oyoqlar yonboshlagan tomonga buriladi. Oyoq uchlari „kon“ ustidan o‘tishi bilan o‘ng qo‘lni yon tomonga ko‘tarish yoki tanaga yopishtirib, keyin „kon“ga orqa qilib sakrab tushish lozim (28- rasm).
Tayanib sakrash. Buning uchun avval ikki oyoqlab sakrashni, ko‘prikchaga depsinib chiqib, ikki oyoqlab tushishni o‘zlashtirib olish kerak. Sakrashni bajarishda quyidagilar amalga oshiriladi: yaqinroq masofadan yugurib kelib ko‘prikcha ustiga ikkala oyoqda chiqish va qo‘llarni to‘g‘riga cho‘zib, sport anjomi („kozyol“) ustida tayanch hosil qilish, qo‘l va oyoqlar bilan itarilgan holda qo‘llarni tepaga ko‘tarib, yelka qismigacha olib chiqish. Sakrash mashqini bajarishga xavfsizlik choralari ko‘rilgandagina ruxsat beriladi.
Yonboshlagan holda 90° C ga burilib sakrash. „Kon“ ustidan burilib sakrashda, avval o‘ng qo‘l bilan itarilib (o‘ng tomonga sakrash uchun), yerga tushishda boshqa qo‘lga tayaniladi. Bu mashqni o‘g‘il bolalar ham bajarishlari mumkin.
„ Kozyol“ ustidan oyoqlarni yozib sakrash (qiz va o‘g‘il bolalar uchun). Bu mashqni bajarish uchun avval qisqa masofadan yugurib kelib, ko‘prikchadan ikkala oyoq bilan depsinib, „kozyol“ ustiga qo‘llar qo‘yiladi va undan itarilib, ikkala oyoq ikki yonga yoziladi, bel biroz egilib, bosh ko‘tariladi. Yerga tushish oldidan oyoqlar juftlanib, biroz bukiladi. Mashqni bajarishdan avval quyidagilarni, ya’ni turgan joydan depsinib tepaga sakrashni, oyoqlarni yozib, qayta juftlashni, qo‘llarni tayanch qilib yotgan holatda birdaniga sakrab turish va oyoqlarni bukib-yozishni, uzunlikka, chuqurga, balandga sakrayotganda oyoqlarni bukib-yozishni o‘rganib olish kerak.