Qishloq xo’jaligi. Fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning intensivlashishiga olib keldi, ya’ni mexanizatsiyalashtirish, ximiyalashtirish, melioratsiyalash va boshqa tadbirlar bilan qo’llandi. Qishloq xo’jaligini ximiyalashtirish uning samaradorligini oshirishning eng muhim omili bo’lib qoldi. Hozirgi vaqtda dunyo bo’yicha yerga 300 mln. tonnadan ortiq mineral o’g’itlar va 4mln. t zaharli ximikatlar sepilgan.
Keyingi vaqtda qishloq xo’jaligini intensivlashtirish, yirik chorvachilik majmualarini qurish bilan, atrof-muhit iflos- lanishining oldini oluvchi murakkab tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Urbanizatsiya.XIX asr boshlarida Yer sharida 750 ta shahar bo’lgan. 1950-yil esa ulaming soni 276000 dan oshib ketdi. Agar 1800-yil dunyo aholisining 3% i shaharda yashagan bo’lsa, 1950- yili 30%, 2000-yili esa 50-70% i shaharda yashaydi. Hozirgi vaqtda shahar aholisi sonining tez o’sishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos. Biroq sanoati rivojlangan mamlakatlarda shahar aholisi, ayniqsa, tez o’smoqda.’ Masalan, Germaniyada - 85%, Angliyada - 82%, Fransiyada - 75%, AQShda - 70%, Avstraliyada - 70%, Rossiyada - 62% dan ortiq aholi shaharlarda yashaydi. Shahar aholisining salmog’i Yaponiya, Shvetsiya va Niderlandiyada yana ham ko’proq. 10- 24 mln. aholili shaharlarga Mexiko, Tokio, Kalkutta, Qohiralar kiradi. 0’zbekiston aholisi 22-23 mln. bo’lsa, Toshkentda 2,3 mln. aholi bor.
Tabiatdan rekreatsion foydalanish deb biror tabiiy sharoit va zaxiralar yordamida dam olish, davolanish tushuniladi. Bunda dam olish, sanatoriya va kurort hududlari katta rol o’ynaydi. Ma’lumki, urbanizatsiya darajasi qancha yuqori bo’lsa, shahardan tashqarida dam olishga bo’lgan talab ham shuncha kuchli bo’ladi. Keyingi vaqtlarda rekreatsiya maqsadlarida foydalanishga moMjallangan yerlar maydoni (milliy bog’lar, shaharlar atrofidagi o’rmonlar, ya’ni «yashil» mintaqalar va boshqalar) kengayib bormoqda. Lekin ko’pgina rekrcatsiya uchun ajratilgan joylarda dam oluvchilarning ortiqcha to’planishi natijasida rekrcaision tabiiy majmualarga zarar yetishi (daraxt, buta va o’llaming qurib qolishi, havo, suv, tuproqning ifloslanishi va hokazolar) kuzatilmoqda. Shuning uchun ham rekreatsion hududlardan foydalanishni tartibga solish va ulami muhofaza qilish dolzarb masala bo’lib qolmoqda.
Ekalogik zarar inson yashaydigan muhit sifatining yomonlashishidir. Inson uzoq vaqtlargacha tabiatga bitmas- tuganmas manba sifatida qarab kclgan. Lckin o’zi tabiatga ta’sir etishmng salbiy natijalariga duch kclib. u asta-sckin tabiatdan oqilona foydalanish va muhofaza qilishning zarurligi haqida ishonch hosil qila boshladi. XIX asrning oxiri XX asrning boshida inson faoliyatida tabiatni muhofaza qilish haqidagi tasavvur faqat ayrim hayvon va o’simlik turlarini, noyob obycktlarni muhofaza qilishnigina o’z ichiga olar edi. Tabiatni muhofaza qilish faqat biologik muammo deb qaralar edi.
Tabiatni muhofaza qilishning aniq vazifaiaridan bin tabiatni o’zgartirish oqibatlarini va salbiy natijalarning oldini olish yo’llarini aniqlashdan iboratdir. Tabiiy majmualarni har taraflama va chuqur o’rganmasdan, ularning komponcntlari o’rtasidagi aloqalarni aniqlamasdan va hisobga olmasdan tabiatni muhofaza qilishdek murakkab vazifani amalga oshirish mumkin emas. Bu masalalarni majmua o’rganish bilan ekologiya fani shug’ullanadi. Uning yo’nalishlari salbiy texnogen o’zgarishlarni oldindan aniqlashga va ularni o’z vaqtida bartaraf qiluvchi chora-tadbirlarni belgilashga qaratilgandir. Demak. tabiatni muhofaza qilishning hozirgi asosiy vazifalari-tabiiy zaxiralami muhofaza qilish, qayta ishlab chiqarishni tashkil ctish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlashdan iboratdir.
Tabiatni muhofaza qilishning ijtimoiy va siyosiy, iqtisodiy, sog’lomlashtmsh - gigiycna, tarbiyaviy, cstetik va ilmiy yo’nalishlari bor.
Ijtimoiy-siyosiy yo’nalishlar. Odamlar ishlab chiqarish jarayonida tabiat bilan doim munosabatda bo’ladi. Ona zaminimiz boyliklarining talon-taroj qilinishi, tabiat va jamiyat 0’rtasidagi inqirozning chuqurlashuvi yildan-yilga yaqqol namoyon bo’ldi.
Tabiatni muhofaza qilish dunyoning ko’p joylarida ijtimoiy munosabatlarning 0’zgarishiga olib keldi. Tabiatni muhofaza qilishning zaruriy chorasi sifatida texnika taraqqiyoti, sanoatning rivojlanishi, aholining o’sishini ckologik rcjalarda olib borish kcrak.
Xo’jalik-iqtisodiy yo’nalish. Ijtimoiy va ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanish bosqichlarida tabiat muhofaza- sining vazifa va maqsadlari o’ziga xos xususiyatiga ega. Ko’pchilik geografik hududlar tabiati o’zini-o’zi tiklash qobiliyatini yo’qotdi. Tabiatshunos olimlar, tabiat muhofaza- sining asosiy yo’li deb xo’jalikda ishlatilishidan iloji boricha 0’zgartirilmagan landshaftlar va boshqa tabiiy obyektlarni saqlash deb biladilar. Bu xatodir.
Tabiiy zaxiralarga talab keskin o’sdi, intensiv xo’jalik oborotiga okcan, dengiz va quruqlikning katta-katta maydonlan kiritilmoqda. Tabiiy ekosistemalarga inson ta’sinning oqibatlari faqat ular atrofidagi geosistemalardagina emas, balki butun geografik muhitlarda sezilmoqda. Shu sababli ishlab chiqarish doirasidan katta maydonlarni chiqarib olish va qo’nqlanayotgan joy deb e’lon qilish foydali bo’lmoqda. Ayrim hududlar hamda geografik muhitning ifloslanishi ckologik sharoitning buzilishiga olib kcladi. Qo’riqlanayotgan hududlarda rejim nisbiylashib boradi, ulardagi tabiiy jarayonlar buziladi. Masalan. Amu va Sirdaryo suvlanning Orolga yetib bormasligidan suv sathi 20 m ga pasaydi. Orol bo’yi quridi. suvi sho’rlandi (50 g/1), o’simlik va hayvonlar yo’qoldi. Ekologik holat tobora yomonlashdi.
Atrof-muhitni toza saqlamasdan turib, inson sog’lig’i to’g’risida g’amxo’rlik qilib bo’lmaydi. Toza havo, suv va tabiatdan bevosita olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari (sabzavot, mcvalar va hokazolar) kishining hayoti uchun zaruriy shartlardir. Inson hayoti uchun optimal ekologik sharoit yaratish tabiat muhofazasining eng dolzarb vazifalandan biridir. Tabiatni o’zgartirishning har qanday loyihasi va unga har qanday ta’sir ko’rsatishdan oldin inson ekologiyasi nuqtai nazaridan baholanishi shart.