Glossariy akademiya



Yüklə 37,49 Kb.
səhifə1/12
tarix14.12.2023
ölçüsü37,49 Kb.
#176770
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
portal.guldu.uz-GLOSSARIY


GLOSSARIY
Akademiya - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oliy va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim dasturlarini amalga oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademik litsey - o’quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi
Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anomaliya (yunoncha – anomal) - me’yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto’g’ri rivojlanish.
Ahloq (lotincha «moralis» - xulq-atvor ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig’indisi.
Ahloqiy ong – shaxga axloqiy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong shakli.
Ahloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi.

Yüklə 37,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin