Ekologik ong - tabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi.
Ekologik madaniyat - o’quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya - o’quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ekologik ta’lim - o’quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo’naltirilgan ta’limiy jarayon.
Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui. Estetik tarbiya - o’quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
YAkuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o’quv materiallari bo’yicha o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
O’z-o’zini baholash - mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish asosida o’z shaxsiga baho berishga yo’naltirilgan faoliyat usuli.
O’z-o’zini tarbiyalash metodlari - o’quvchilarning o’zini o’zi idora qilishlari, turli o’quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo’llaniluvchi usullar.
O’z-o’zini tahlil (nazorat) qilish - o’z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.