Yo‘nalganlik- (A.G.Kovalev) - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi
Yo‘nalganlik- (S.L.Rubinshteyn)- ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
Yo‘nalganlik Osttuzilishi- shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi.
Mashqlar Tizimi-Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.
Namoyishkorona Shaxs- bu toifadagilar tez muloqotga kiruvchi, etakchilikka intiluvchan, hokimiyatni agallash hissi ustivor va maqtovni yoqtiradi. Ular boshqalarga tez ko‘nikuvchan va shu bilan birga ko‘ngli bo‘sh. Bunday kishilar o‘ziga ishonchliligi va yuqori o‘ziga tortuvchanliklari bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, mojarolarni o‘zlari keltirib chiqaradilar va faol tarzda o‘zlarini himoya qiladilar. Ijobiy tomonlari - qanoatli, artislik qila oladigan, boshqalarni o‘ziga qarata oladigan, o‘y-fikrining to‘g‘riligi. Salbiy tomoni - xudbin, shaxsiyat parast, maqtanchoq, dangasa.
Pedantik Shaxs-Mojarolarga kam aralashadi. Xizmat doirasida o‘zini byurokratdek tutadi, atrofdagilarga ko‘p talablar qo‘yadi. SHu bilan birga etakchilikni bajonidil boshqa odamlarga beradi. Ba’zida oiladagilarga tartib borasida o‘ta talabchan. Uning ijobiy hislatlari: sofdil, tartibli, jiddiy, ishlarda ishonchli, salbiy tomonlari - rasmiyatchi, pismiq, qiziqqon.
Psixologik Aks Ettirish Shakllari Osttuzilishi- ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
Sub’ekt- faoliyatni amalga oshirishga qobiliyatli, ongli individ.
Sport– faoliyatining umumiy masalalarini, ya’ni sport bilan shug‘ullanish motivlari va maqsadlarini, sportga qiziqishning vujudga kelishi va rivojlanishini, u yoki bu sport turlarida ko‘nikma, malaka va odatlarning shakllanishining umumiy va xususiy shartlarini;