WWW (Всемирная Паутина, World Wide Web) – Internetning xizmat turi bo‘lib, dunyo bo‘ylab joylashgan Web-serverlardagi ma‘lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi; Internetda mavjud bo‘lgan elektron hujjatlar orasida gipermurojatlarni tashkillashtiruvchi xizmat.
Xavfsizlik (Безопасность, Safety) –Kompyuter va tarmoqdagi ma‘lumotlarni buzilish va yo‘qolishdan saqlash hamda foydalanuvchilar uchun chegaralangan foydalanish huquqini belgilash.
Xavfsizlik (безопасность, security) – 1. Tizim yoki tarmoq axboroti muhofazasini, saqlanishi, ishonchliligini va puxtaligini ta’minlash qobiliyati. 2. Obektning tasodifiy va ataylab qilingan tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyati. Xavfsizlik ma’muri (администратор безопасности, security administrator) –ma‘sul mansabdor shaxs. U o‘rnatilgan ish maromi doirasida ikki davrda o‘z vakolatlariga muvofiq belgilangan tartibda axborot bo‘yicha ish olib boradi. Ya‘ni, u ham axborot muhofazasi bilan muntazam shug‘ullanadi, ham axborotlashtirish obekti (ma‘lumotlarni uzatish tarmog‘i) ni sanoat miqyosida ishga solish va uni ishlatish bosqichlari davrida zarur muhofaza darajasini ta‘minlash bo‘yicha ish olib boradi.
Xavfsizlik obekti (объект безопасности, security object) –tizimning passiv tizimlashgan tashkil qiluvchisi. Unga xavfsizlik uslubiyati qo‘llaniladi.
Xost (Хост, Host) – maxsus Kompyuter yoki ularning guruhi bo‘lib, Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi. Tarmoqdagi boshqa Kompyuterlarga o‘z resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Xosting (Хостинг, Hosting) –mijozlarning Web-saytlarini Web-serverlarda joylashtirish va doimiy ravishda faoliyat yuritishini ta‘minlash xizmati.
Yo’ldosh aloqa liniyasi (Спутниковая линия связи, Satellite communication line) – axborot manbalari sun‘iy yo‘ldosh orqali ulanish. Markazdan yiroqdagi, ya‘ni kommunikatsion infratuzilmalar rivojlanmagan hududlarda foydalanish uchun qulay hisoblanadi.