Glossary agent (Агент, Agent)


Web – server (web-сервер, web-server) Web – hujjat (web-документ, web-dokument) –



Yüklə 24,72 Kb.
səhifə9/10
tarix14.12.2023
ölçüsü24,72 Kb.
#177649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Glossary

Web – server (web-сервер, web-server)
Web – hujjat (web-документ, web-dokument) – 1. Odatda, maxsus murojaat HTML (Hypertext Markup Language) tilidagi hujjat. Web – hujjat Umumjaxon tarmog‘i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat bo‘lib, foydalanuvchiga ajratib ko‘rsatilgan so‘z yoki jumlaga qaratib, ma‘lumotlarni o‘qish, hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan gipermurojaat yordamida bog‘langan boshqa web – hujjatga o‘tish imkonini beradi. Web -hujjat, shuningdek, matn, tasvir, tovushlarni mujassamlovchi gipermuhit ma‘lumotni ham o‘z ichiga olishi mumkin. web -hujjatni ochish, ularni o‘qish yoki aks ettirish
Internet brauzerlari yordamida amalga oshiriladi. Web – hujjat tushunchasi « web-sahifalar» va « web-saytlar» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq.
Web -sahifa nomi (название web-страницы, webpage title) – web – sahifani aynanlashtiruvchi tavsiflovchi matn. Ochiq sahifa nomi web – brauzeri oynasining sarlavha qatorida aks etiriladi.
Web-dastur (Web-приложения, Web-program) – Web-serverlarda ayrim
amallarni avtomatlashtirish maqsadida qo‘llaniladigan dasturiy vositalar. Dasturlar mijozserver arxitekturasida yaratiladi. Bunday dasturlarga: ISAPI, CGI, ASP, JSP, WAPlarni kiritish mumkin.
Web-interfeys (web-интерфейс, web-interface) – foydalanuvchiga web – brauzer orqaliturli dasturlar bilan o’zaro ishlash imkonini beruvchi interfeys (masalan, o’z buyurtmasini boshqarish Internet do’konida yoki tarmoq printerini sozlash). Web – interfeyslarining qulayligi shundaki, ular bitta ofisda joylashmagan xodimlarga birgalikda ish yuritish imkonini beradi. Masalan, web – interfeyslar turli ma’lumotlar bazalarini to’ldirish yoki Internet OAV da materiallarni chop etish uchun ishlatiladi.
Web-server (Web-сервер, Web-server) – www doirasida faoliyat ko‘rsatuvchi server. Web-sahifalarni saqlaydi hamda tashqi serverlardan kelayotgan so‘rovlarga javob beradi.
Web-usta (web – мастер, webmaster) – 1. Web-sahifalarni loyihalashtirish, yaratish va bezash bilan shug‘ullanuvchi shaxs. Web – usta Internet texnologiyalari bo‘yicha bilimlar majmuasi va rassom-bezaklovchi tajribasiga (kompozitsiya, dizayn) ega bo‘lishi lozim. 2. Saytning tashqi ko‘rinishi va ishi uchun javobgar kompaniya xodimi. Web – usta deganda turli-tuman majburiyatlar doirasi tushuniladi – kichik oddiy sayt uchun sahifalashtiruvchidan tortib dizayner va tizim ma‘murigacha. Internet foydalanuvchilari uchun web – usta bu sayt va kompaniya domeniga bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha aloqada bo‘ladigan shaxsdir.

Yüklə 24,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin