Pochta protokoli 3 (Почтовый протокол 3, Post Office Protocol 3 – POP3) – Kompyuterlar o‘rtasida elektron pochtani uzatishning tartibini belgilaydi.
Pochta qutisi (почтовый ящик, mail box) – pochta serverida axborotni (xatlar, xabarlar, qo‘llanmalar) yozish uchun mo‘ljallangan qattiq disk maydoni. Pochta qutisi egasi maxsus mijoz dasturi yordamida quti tarkibini ko‘rishi, nusxa olishi, ko‘chirishi, o‘chirishi mumkin. Pochta qutisiga har bir pochta qutisini boshqalardan farqlash imkonini beruvchi noyob elektron manzil beriladi.
Pochta serveri (почтовый сервер, mail server –foydalanuvchilarning shaxsiy xatlarini qabul qilib olish va uzatishni hamda ularni yo‘naltirishni ta‘minlovchi server. Pochta
serverini tashkil qilish uchun shaxsiy Kompyuterga tegishli dasturiy ta‘minotni o‘rnatish lozim. Pochta – Internetda muloqot qilishning asosiy vositasi.
Pochta serveri (почтовый сервер, mail server – foydalanuvchilarning shaxsiy xatlarini qabul qilib olish va uzatishni hamda ularni yo‘naltirishni ta‘minlovchi server. Pochta serverini tashkil qilish uchun shaxsiy Kompyuterga tegishli dasturiy ta‘minotni o‘rnatish lozim. Pochta – Internetda muloqot qilishning asosiy vositasi.
Ro’yxatga olingan fayllar turi (Зарегистрированный типа файлов, Registered type of the files) –tizimli reestrga kiritilgan fayllar turi bo‘lib, ular Kompyuterga o‘rnatilgan dasturlar tomonidangina anglanadi.
Sahifa (страница, page) – noyob manzilga ega bo‘lgan, ko‘rish dasturi yordamida ochib ko‘rilishi mumkin bo‘lgan hujjat. WWW sahifalardan iborat. Odatda, bu matn, grafika, tovush, video yoki animatsiya, boshqa hujjatlarga gipermurojaatlarni o‘z ichiga olgan ko‘ptashuvchi hujjatlardir.
Saqlovchi qurilma (Запоминающее устройство, Rememberring device) –ma‘lumotlarni elektron ko‘rinishda uzoq vaqt saqlashga mo‘ljallangan qurilma.
Satr (Строка, String) – belgilar ketma-ketligi bo‘lib, yagona element sifatida ko‘riladi. Dasturlash tillarida satrlar ma‘lumotlar va buyruqlarni saqlash va uzatishda qo‘llaniladi.