Masofadan o’qitish kurslari (Курсыдистанционного образования, Distance education course) – tartiblangan o‘quv dasturi, ko‘zlangan maqsad, egallanilishi kerak bo‘lgan bilim, malaka, ko‘nikmalar aniq belgilab qo‘yilgan o‘quv kursi. Kurslar axborot va kommunikatsion vositalar yordamida va malakali o‘qituvchilar yordamida tashkillashtiriladi.
Masofadan o’qitishning pedagogik texnologiyalari (Педагогические технологии дистационного обучения, Pedagogical technologies of distance learning) –o‘qitishning usul va uslublari majmuasi bo‘lib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish masofadan tashkil etiladi.
Masofadan o’qitishning tashkiliy ta’minoti (Организационное обеспечение дистанционного обучения, Organizational maintenance of distance learning) –o‘qitish davrida o‘quvchi va o‘qituvchi orasida tashkil qilinadigan bevosita munosabat.
Media (Медиа, Media) –elektron texnologiyalar vositasida axborotni tashuvchi yoki saqlovchilar. Masalan, matnni – kitob,
qo‘llanma, CD orqali, tovushni – audiokasseta, radio va teleko‘rsatuvlar orqali, tasvirni videokasseta, teleko‘rsatuvlar orqali uzatish va tarqatish mumkin.
Metama’lumotlar (Метаданные, Metadata) –biror ma‘lumotning (faylning) sarlavhasi, mavzusi, avtori, hajmi, kalit so‘zlari kabilardan iborat axborot. Metaqidiruv tizimi (Метапоисковая система, Metacrawler) – foydalanuvchining so‘rovini bir necha qidiruv serverlariga jo‘natib, natijani gipermurojaatdan iborat ro‘yxat shaklida ifoda etuvchi tizim yoki server. Bu tizim o‘zining indekslangan ma‘lumotlar bazasiga ega bo‘lmaydi.
Moderator (Moderator, Moderator) –elektron konferentsiyalarni hamda tarqatmalar ro‘yxatini boshqaruvchi inson. Uning funksiyalariga konferentsiyada ishtirok etishga ruxsat berish, materiallarni chop etish, ishtirokchilarni mavzudan chetlashishlarini nazorat qilish kabilar kiradi.
Modul (Модуль, Module) –biror o‘quv materialini tashkil qiluvchi tarkibiy bo‘laklar.
Monitor (Монитор, Monitor) yoki Displey (Displey, Display) – ekranda tasvirni aks ettiruvchi ixtiyoriy qurilma. Tasvir ekranda nuqtalarning yoritilishidan hosil qilinadi.