Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

Birinchi
tamoyil mohiyatiga ko‗ra, butun borliq dunyoning o‗z-o‗zicha rivojlanishi 
natijasidir. Dunyo o‗z-o‗zidan vujudga kelgan bo‗lib, yaxshi va mukammaldir. 
Ikkinchi
tamoyil hayot kuchini anglatadi. Hayotdagi har bir tabiiy holat hurmat qilinadi. Faqatgina 
«nopok» bo‗lgan narsagina hurmat qilinmaydi. Biroq har qanday «nopok»lik tozalanishi 
mumkin. Shu bois sintoizm marosimlari insonda moslashishga moyillik uyg‗otishga 
qaratilgan: yaponlar tozalab, isloh qilingan va yapon urf-odatlariga moslashtirilgan har 
qanday yangilikni qabul qiladilar. 
Uchinchi
tamoyil tabiat bilan tarixni yagona deb 
tushuntiradi. Sintoizm ta‘limoti dunyoni jonli va jonsizga ajratmaydi. Unga e‘tiqod 
qiluvchilar nazdida dunyodagi hayvonlar, o‗simliklar, jismlar, umuman, tabiatdagi barcha 
narsalar tirikdir va inson vujudida kama ilohiyatlari yashaydilar. 
To„rtinchi
tamoyil 
ko‗pxudolik tushunchasi bilan bog‗liq. Sintoizm mahalliy tabiat, urug‗, qabila 
ilohiyatlariga bag‗ishlangan marosimlardan kelib chiqqan. Sintoizmning ibtidoiy 
shamanizm va sehrgarlikka oid odatlari faqatgina V-VI asrlarda – imperator sinto 
ibodatxonalari faoliyatini o‗z nazoratiga olgach, hozirgi ma‘lum bo‗lgan yagona shaklga 
kirgan. VIII asr boshlarida imperator saroyida sinto ishlari bilan shug‗ullanuvchi maxsus 
bo‗lim tashkil etildi. X asrga kelib esa, sinto ilohiyatlarining ro‗yxati tuzildi. O‗shanda 
ularning soni 3132 ta edi, keyinchalik esa bu son yanada ortdi. 
Beshinchi
tamoyil milliy 
ruhiy asos bilan bog‗liq. Bu tamoyilga ko‗ra, sinto ilohiyatlari – kamalar barcha 
insonlarni emas, balki faqat yaponlarnigina yaratganlar. Shuning uchun ham yaponlar o‗z 
farzandlariga yoshligidanoq «biz sintoga tegishlimiz» degan aqidani singdirib boradilar. 


Shu yo‗l bilan axloq normalarini boshqarishning ikki muhim omili mavjud. Birinchidan, 
kama juda intim yo‗l bilan faqat yapon millati bilan bog‗liq ekanligini tasdiqlash; 
ikkinchidan, sintoizm nuqtai nazaradan agar chet ellik kishi sintoga e‘tiqod qilib, kamaga 
ibodat qilsa, yapon bo‗lmagan kishining bunday qilishi axloqsizlik sanaladi. Shuning 
bilan birga sintoizm yaponlarni boshqa dinlarga e‘tiqod qilishlariga qarshilik qilmaydi: 
deyarli barcha yaponlar, sintoizm bilan bir qatorda, yana boshqa bir dinga e‘tiqod 
qiladilar. Agar yaponlarni diniy e‘tiqodiga ko‗ra, guruhlarga ajratib, umumiy soni 
hisoblanadigan bo‗lsa, ular soni mamlakat umumiy aholi sonidan ko‗p chiqadi. 
Sintoizmning o‗ziga xos jihati shundaki, har bir ibodatxonaning o‗z xudosi bo‗lib, 
uning boshqa ibodatxonalarga hech qanday aloqasi yo‗q. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin