Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

 
Daosizm
falsafiy ta‘limot sifatida mil. av. I ming yillikning o‗rtalarida 
konfutsiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‗ldi. Bu ta‘limot dastavval bir muncha 
mavhum xarakterga ega bo‗lib, din bilan hech qanday aloqasi bo‗lmagan. Ushbu ta‘limot 
tarafdorlari ham konfutsiychilar kabi o‗z zamonalaridagi harakatlarga qarshi bo‗lganlar. 
Daosizm targ‗ibotchilari ham hukmdorlar orasidagi tinimsiz urushlarni qoralar edilar. 
Ular ham boshqa bir qator falsafiy ta‘limotlar qatori orqaga – «Oltin asr»ga – qaytishga 
chaqirar edilar. 
Daosizmda mil. av. IV-III asrlarga kelib nazariy asarlar paydo bo‗la boshladi. 
Bunday asarlarda ijtimoiy-siyosiy va axloq masalalari daosizm uchun unchalik muhim 
sanalmadi. Biroq daosizm vakillari ilk bor borliq, tabiat, koinot haqidagi tushunchalarni 
ishlab chiqa boshladilar. Xitoydagi Tszis faylasuflar akademiyasida daosizm 
nazariyotchilari: Tyan Pen, Sun Tszyan, In Ven, Shen Dao, Xuan Yuan va boshqalar 
to‗plangan bo‗lib, ular inson va uni o‗rab turgan borliq xususida beto‗xtov munozaralar 
olib bordilar va risolalar yozdilar. Bunday asarlar hozirgi kungacha saqlanmagan, biroq 
daosizmning asosiy manbasi sanaladigan «Daodetszin» risolasida o‗z aksini topgan. 


Mazkur risola muallifi Lao-Tszi hisoblanadi. Uning hayoti haqidagi ma‘lumotlar kam, 
borlari ham noaniq. Afsonalarga qaraganda, Lao-Tszi onasining qornida bir necha o‗n 
yillar yashab, keksa donishmand holida dunyoga kelgan. Shuning uchun uni «Lao-Tszi» 
– «Keksa donishmand», «Qari bola» deb atadilar. 
Lao-Tszi mil. av. VII da tug‗ilgan, Konfutsiyning zamondoshi hisoblanadi. Qadimgi 
Xitoy yodgorliklarida Konfutsiyning Lao-Tszi bilan uchrashganligi, uning donoligidan 
hayratga tushgani va uni ajdaho deb atagani haqida rivoyat keltiriladi. Lao-Tszi 
ta‟limotiga
ko‗ra, tabiat, jamiyat va butun borliqning asosi «Ulug‗ Dao» hisoblanadi 
(dao, tao «yo‗l», «haqiqat», «tartib» demakdir). Dao haqidagi ta‘limot konfutsiychilikda 
bo‗lgan. Chunki dao to‗g‗risidagi fikrlar konfutsiychilik va daosizm shakllanishidan 
ancha oldin mavjud edi, shuning uchun ham har ikki ta‘limotning o‗xshash jihatlari ko‗p. 
Konfutsiy daoni jamiyatda muayyan tartiblarni yaratuvchi samoviy qonunlar tajassumi 
deb hisoblagan. Boshqacha aytganda, dao – ijtimoiy me‘yorlar, intizom va axloqning 
yig‗indisidir. Daosizm vakillari uchun dao o‗zgacha mazmunga ega: dao umumiy tabiat 
qonuni va ibtido intihoning o‗zagidir. Umumiy mazmunda dao – butun borliq demakdir. 
Daoni hech kim yaratmagan, barcha narsalar daodan kelib chiqqan va unga qaytadi. Dao 
hech kimga ko‗rinmaydi, sezgi a‘zolari uni ilg‗ay olmaydi. Nimani ko‗rish, eshitish
sezish, anglash mumkin bo‗lsa, u dao emas. 
Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador tabiat 
falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, hayot va 
o‗limning nisbiyligi va shunga bog‗liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga erishish 
tushunchasidir. Milodning birinchi asrlari – Xan asriga kelib, abadiy hayot masalasi 
daosizm olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va so‗nggi masala uvey 
printsipidir. Daosizm falsafasining mana shu uch ta‘limoti Xan asriga kelib daosizm 
dinining shakllanishiga asos bo‗ldi. 
Mil. II asriga kelib daosizm dinida yangi sektalar paydo bo‗ldi. Ulardan
«Taypindao» («Buyuk tenglik ta‘limoti») va «Udoumidao» («Besh dou guruch 
ta‘limoti») sektalari sezilarli iz qoldirganlar. Ushbu sektalar tarixda hukmron 
tabaqalarning adolatsizligiga qarshi ko‗plab siyosiy kurashlarga, qo‗zg‗olonlarga 
boshchilik qilgan. 
Daosizm birinchi ming yillikda buddaviylik va konfutsiychilik bilan raqobatlashib 
keldi. VI asrga kelib, daosizm konfutsiychilikdan keyin ikkinchi o‗rinni egallagan edi. 
XIII asrdan boshlab daosizm ta‘limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi 
yuksak ta‘limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi. 
XX asr boshlariga kelib Xitoyda turli daosizm sektalariga qarshi kurash boshlandi. 
O‗tgan asrning ikkinchi yarmida daosizm tarafdorlari juda ozchilikni tashkil qildi. Ushbu 
kichik guruhlar monaxlar, targ‗ibotchilar va bashoratchilarni o‗z ichiga olar edi. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin