qiladi. Bundan tashqari, u yana ikki asos – chin e‘tiqod va to‗g‗ri bilim tamoyillariga ham
amal qilishi lozim. Ularning birinchisi jaynizm diniga e‘tiqod qilishni bildirsa, ikkinchisi
– ruhning abadiy ozodligi va hayotning har bir jismda mavjudligini bilishdir. Rohiblar
uchun bir muncha murakkab qoidalar ishlab chiqilgan.
Jaynizm ta‘limoti borliqning ilohiyat tomonidan yaratilgani va uning borliq ustidan
nazorat qilib turishini tan olmaydi. Unga ko‗ra, ruh – abadiy mavjudot, olam esa
azaliydir. Ruh moddiy tanani engib o‗tib, abadiy hayotga etishi mumkin. Maxaviraning
fikricha,
dunyodagi har bir jism, uning jonli yoki jonsiz bo‗lishidan qat‘i nazar, qandaydir
darajadagi anglash xususiyati bilan yaratilgan. Shuning uchun jaynizmda axinsa – zarar
etkazmaslik qoidasiga ko‗proq e‘tibor beriladi, ya‘ni jonli yoki jonsiz narsalarga ozor
etkazmaslik talab qilinadi.
Hozirgi kunda dunyoda bir yarim milliondan ortiq jaynistlar mavjud. Ular, asosan,
Hindistonning Rajputan, G‘ujarot va bir qator janubiy mintaqalari, Madxya, Bxarat
shtatlarida istiqomat qiladilar.
Sikxizm
. Hozirda sikxizm diniga e‘tiqod qiluvchilarning soni 17 mln.
atrofida
bo‗lib, bu dinga bo‗lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Shunisi qizikki, XV asr oxiri
yoki XVI asr boshlarida sof diniy islohot shaklida boshlangan sikxizm harakati XVII
asrning ikkinchi yarmiga kelib o‗z e‘tiqod qiluvchilarini faol harbiy an‘analar bilan
sug‗orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday o‗ziga xos taraqqiyotning natijasi
shu bo‗ldiki, o‗tgan asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy jamoa Ranjid Singx asos
solgan kuchli davlatga aylandi.
Sikxizm dini Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solinib,
unga ergashganlar o‗zlarini sikxlar, ya‘ni shogirdlar deb atashgan. «Sikxizm»
atamasi
ham shu so‗zdan olingan.
Nanakning vafotidan keyin uning ta‘limotini 9 ta guru rivojlantirganlar. Xususan,
to‗qqizinchi guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rol o‗ynagan. Ular yagona
ta‘limotni targ‗ib qilgan yagona guruning 10 qiyofada namoyon bo‗ladi deb
hisoblanganlar.
Sikxizm talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh bir
ilohiyatda mujassam bo‗ladi. U nirgun («sifatlardan xoli») va sagun («sifatlar egasi») deb
talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun bo‗lib, bu holat har qanday sifatlardan xolidir.
Biroq, inson uni qandaydir sifatlar orqali tanishi uchun u o‗z xohishi bilan sagun holatiga
o‗tadi. Sikxizm ta‘limotiga ko‗ra, iloh – Yaratuvchi, Saqlovchi, Vayron qiluvchi
(Brahma, Vishnu, Shivalardek) sifatlarni o‗zida mujassam qiladi.
U qudratli va
hukmdordir. Uning tomonidan yaratilgan dunyo esa o‗zgaruvchan va foniydir. Iloh esa –
abadiy. U azalda ham, hozirda ham, kelajakda ham mustaqil ravishda mavjuddir.
Azaliylik, vaqtdan tashqarida bo‗lish, tug‗ilmaganlik, o‗lmaslik kabi unga berilgan
sifatlar uning mohiyatini anglatadi. Xudoga bo‗lgan muhabbat, ishonch, sadoqat yo‗lini
tutgan har bir inson Unga etishishi va U bilan birlashib ketishi mumkin. Xudoga ibodat
qilish, sikxizm ta‘limoti bo‗yicha, aslo dunyoviy hayotdan uzilishni, rohiblik yo‗lini
tutishni
anglatmaydi, aksincha, hayotda faollikni, to‗la mehnatni va oiladagi o‗z
vazifasini bajarishni anglatadi. Bu tamoyillarga to‗la amal qilish pirovard natijada
tug‗ilishlar zanjirining uzilishiga va insonning xudo bilan birlashib ketishiga olib keladi.
Har kim xudo bilan bevosita muloqotda bo‗lishi mumkin.
Boshqa dinlar kabi sikxizm ham o‗zining muqaddas kitobiga ega. Uning muqaddas
kitobi – Adigrantx («Boshlang‗ich kitob») bo‗lib, beshinchi guru Arjun (1581-1606)
tomonidan tuzilgan. U shuningdek, Gururantx («Guru kitobi») yoki Grantxsahib
(«Sohibning kitobi») nomlari bilan ham ataladi. Unga
avval dastlabki besh guruning,
keyinchalik esa boshqa gurularning madhiyalari kirgan. Jumladan, Kabirning,
Namdevning, Farididdin Ganjishakarning (XV asr) madhiyalari bilan bir qatorda bir
necha Bxakti va sufiylik harakati namoyandalarining ham madhiyalari kirgan. U panjob
tilida yozilgan bo‗lib, hozirgi kunda Amritsardagi sikxlarning bosh ibodatxonasi
hisoblanmish «Oltin Haram»da saqlanadi.
Keyingi yillarda sikxizmda hinduizm odatlarini o‗zlashtirib olgan din vakillari bilan
sof sikxlar orasida bo‗linish kuzatilmoqda. Birinchi guruh namoyandalari tomonidan eng
muqaddas joylarning ishg‗ol etilishi, 1926 yili Panjob siyosiy maydonida «Aqoliy Dal»
harakatining yuzaga kelishiga sabab bo‗ldi. Diniy tamoyillar asosida tuzilgan bu harakat
namoyandalari
musulmonlar, hinduiylar va sikxlarning siyosiy tengligini talab qilib
chiqdilar. 1947 yili Hindistonning ikkiga bo‗linishi natijasida musulmonlar Panjobning
Pokistonga tegishli qismiga, hinduiy va sikxiylar esa Panjobning Hindistonga tegishli
qismiga ko‗chib o‗tganlaridan keyin bu harakatning ta‘siri kuchaydi.
XX asrning 50-60-yillarida bu harakat yagona irq va til masalasidan kelib chiqib,
Panjob shtati tuzilishini talab qildi. Natijada 1966 yili shunday shtat tashkil etildi. Hozirgi
kunda bu shtatda Hindiston sikxiylarining 80 foizi istiqomat qiladi.
XX asr 90-yillarining boshida sikx jamoasining soni 14 mln. kishiga teng edi. Ular
Hindistondagi dinlarning kattaligi jihatidan to‗rtinchisi hioblanadi.
Dostları ilə paylaş: