Vedalar ta‟limoti. Vedalarda butun tabiatning ilohiyligi haqidagi ta‘limot ilgari
suriladi. Undagi tasavvurlarda qator biri ikkinchisidan yuqori bo‗lgan, ikkinchisi,
aksincha, pastroq bo‗lgan ilohlar siymosi namoyon bo‗ladi. Biroq, bu darajalar to‗xtovsiz
almashib turadi. Eng yuqori hokimiyat ham ko‗pchilikka tegishli. Bir vaqtning o‗zida bir
xudo butun borliqning hukmdori bo‗lishi va shu bilan birga u ikkinchi bir xudoga tobe
bo‗lishi mumkin. Masalan, Indra va barcha xudolar Varunaga tobe bo‗lgan bir paytda,
Varuna va boshqa barcha xudolar Indraga bo‗ysunadilar. Xuddi shu munosabat boshqa
xudolarga ham tegishli. Bu belgi veda ilohiyotiga ham xosdir.
Veda xudolari. Vedalarda xudolar – osmon xudolari, quyosh xudolari, havo
xudolari, er xudolari, ayol xudolar kabi xudolar toifasi haqida madhiyalar bayon etilgan.
Osmon xudolari sirasiga Dyaus, Varuna, Indra kabi turli osmonlarni boshqarib turuvchi
xudolar kiradi. Biroq, Varuna keyinchalik suv va dengizlar xudosiga aylanib ketgan.
Quyosh xudolari. Rigvedada quyosh energiyasining turlicha namoyon bo‗lishidan besh
xudo yuzaga kelganligi haqida so‗z yuritilgan. Ularning eng qadimiysi Mitra
(«do‗st»)dir. Suraya quyoshning yorqinroq namoyon bo‗lgan ko‗rinishidir. Savitri esa
quyoshning quvvat beruvchi kuchida namoyon bo‗ladi. Pushan muruvvatli hisoblanib,
quyoshning mahsuldorlik faoliyatni o‗zida namoyon qiladi. Ularning yana biri Vishnu
vedalarda zikr qilingan va keyinchalik unut bo‗lib ketgan xudolar orasida abadiy
hisoblangan, hozirgi paytda butun Hindistonda ulug‗lanadi.
Havo xudolari qatoriga
Ashvina va Savitar nomi bilan ataluvchi ikki tong xudosi ham qo‗shiladi. Yomg‗ir xudosi
Panjanya, shamol xudosi Vayyular vedalarda aniq tasvirlanmagan. Ular tez-tez Indra
bilan umumlashgan holda tasvirlanadi. Ulardan yana biri Rudna bo‗lib, odamlarning
unga nisbatan cheksiz qo‗rquvlari ularni doimiy ravishda Rudnaga bag‗ishlab madhiya va
duolar o‗qishga undagan. U Rigvedada Shiva («yoqimli») nomi bilan zikr etiladi.
Keyinchalik, Shiva Vishnu bilan birgalikda «ikki xudo» sifatida unutilgan Hindiston
xudolari turkumi o‗rnini egalladi.
Yer xudolari. Er xudolarining eng ulug‗i erda
quyoshning, havoda chaqmoqning, er ustida olovning mujassamlashuvi hisoblangan olov
xudosi Agnidir. Agni haqidagi afsonalar Hindistondan tashqarida vujudga kelgan. U
odamlarning qurbonliklarini xudolarga etkazuvchi ruhoniy sifatida tasavvur qilingan.
Biror qurbonlik uning vositasisiz xudolarga etib bormaydi deb hisoblangan.