Hind adabiyotining boshlanishi Vedalardir. Vedalar tarkibiga turli davrlarda
yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo‗lib, ular o‗z
ichiga ibodat, marosimlar,
falsafiy
ta‘limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to‗rt yirik to‗plamdan iborat: 1. Rigveda
(«madhiyalar vedasi»); 2. Samaveda («qo‗shiqlar vedasi»); 3. Yajurveda («qurbonliklar
vedasi»); 4. Adxarvaveda («afsun va jodular vedasi»).
Rigveda
. Rigveda yagona asar, to‗plam
sifatida Hindiston hududida, asosan,
Panjobda, Hind daryosi havzasida mujassam bo‗ldi. U Shimoliy Hindistonda mil. av. II-I
ming yilliklarda yuz bergan voqealar haqida ma‘lumot beruvchi yagona manba bo‗lib
qolmoqda. Bu yodgorlik juda noyob bo‗lganligi sababli u faqat o‗zini-o‗zi sharhlaydi.
Rigveda – «madhiyalar vedasi» ma‘nolarini beradi. Rigveda xudolarga aytilgan
madhiyalarning to‗plami, ya‘ni, diniy yodgorlik bo‗lib,
uning mualliflari, rishi
kuylovchilarning asosiy vazifalari xudolarni oriylar tomoniga og‗dirish bo‗lgan. Ular
madhiyalarni
kuylab xudolarni maqtaganlar, ularning qahramonlik va sharaflarini
ulug‗laganlar, ularni qurbonlik keltirish marosimlariga taklif etganlar va shundan so‗ng
ulardan oriylarni qo‗llab-quvvatlash hamda hayot farog‗atlarini
ato etishlarini
so‗raganlar. Xudolarga ta‘cir etishning eng asosiy yo‗li – ularga madhiya aytish bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: