Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

Yahudiylikdagi oqimlar.
Yahudiylikdagi oqimlarini qadimiy va zamonaviy 
oqimlarni ajratish kerak. Qadimiy oqimlarga saduqiylar, farziylar, esseylar kiradi. 
Zamonaviy oqimlarga esa sionizm kiradi. 
Saduqiy
nomi podshoh Dovud payg‗ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq ismi 
bilan bog‗liq. Ko‗plab mansabdor ruhoniylar saduqiy bo‗lganlar. Ular diniy ishlarda faqat 
qonun (Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar
ibodatlar haqida so‗z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagan. 
Shuning uchun saduqiylar qiyomatda o‗lganlarning qayta tirilishiga ishonmaydilar. 
Farziy
nomi qadimiy yahudiy tilidagi «tushuntirish», «ajratib ko‗rsatish» so‗zidan 
olingan bo‗lib, ular Musoning Qonunini sharhlaganlar va oddiy odamlarga o‗rgatganlar. 
Farziylar Muso zamonidan beri og‗zaki an‘ana davom etib kelyapti deb hisoblaydilar. 
Ular har bir avlod o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun Qonunni sharhlay oladi deb bilganlar. 
Ular muqaddas manba sifatida nafaqat Musoning Qonunini, balki boshqa 
payg‗ambarlarning ham muqaddas yozuvlarini, hatto o‗zlarining urf-odatlarini ham qabul 
qilganlar va bularning hammasiga sinchkovlik bilan amal qilganlar, qiyomatga, 
o‗lganlarning qayta tirilishiga ishonganlar. 
Esseylar.
Quddusdagi ko‗pgina ruhoniylar Xudo ulardan talab qilganidek yashamas 
edilar. Undan tashqari rimliklar ba‘zi diniy mansablarga Musoning Qonuniga nomuvofiq 
munosib bo‗lmagan shaxslarni tayinlagan edilar. Buni ko‗rgan bir guruh ruhoniylar 
Quddusda ibodat qilish va qurbonlik qilish Qonunga to‗g‗ri kelmay qoldi, deb 
hisobladilar va Quddusni tashlab, yahudiy sahrolariga chiqib ketib, o‗sha erda o‗z 
jamoalarini tashkil qildilar. Ularni esseylar deb atashdi. Esseylar Xudo tomonidan 
yuboriladigan xaloskor – Messiyaning kelishi va Quddusni tozalashini kutib, ibodat qilib 
yashar edilar. 
Sionizm
(Zionism) nomi Quddusdagi Sion (Zion) tog‗i bilan bog‗liq. Bu oqim 
avstriyalik yahudiy jurnalist T.Hertslning (1860-1904) nemis tilidagi «Yahudiylar 
davlati» risolasi asosida XIX asr oxirlarida tuzilgan. Sionizm ilk davrda ravvinlar 
tomonidan qo‗llab quvvatlangan. 
Bu oqimning maqsadi – yahudiylarning xudo tomonidan tanlangan mumtoz xalq 
ekanini targ‗ib etish va ularning o‗zlari yashab turgan turli o‗lkalardan chiqib, Falastinda 
«milliy birlashishi»ga erishishdir. Sionizm «jahon yahudiy millati» – «oliy millat» kabi 
g‗oyalarni ilgari suradi. G‘oyasiga ko‗ra sionizm siyosiy oqim bo‗lib, maqsadiga erishish 
yo‗lida yahudiy dinidan foydalanadi. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin