Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy
hayoti, diniy qarashlari, olam to‗g‗risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma‘naviy
madaniyatini o‗rganishda yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb ikki
ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga og‗zaki tarzda uzatilib kelingan.
Zardushtiylik dini rasmiy tus olguniga qadar Avestoning bo‗laklari Turon va Eron
zamini xalqlari orasida tarqalgan. Ushbu – Axura-Mazdaning Zardusht orqali yuborilgan
ilohiy xabarlari deb hisoblangan bo‗laklar turli diniy duolar, madhiyalar sifatida yig‗ila
boshlangan. Bular Zardushtning o‗limidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» –
«O‗rnatilgan, qat‘iy qilib belgilangan qonun-qoidalar» deb nom olgan.
Avestoning Makedonskiy tomonidan
Gretsiyaga olib ketilgani, zarur joylarini
tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborgani, 12 ming qoramol terisidagi tillo matn
haqida keyingi davrlarda yaratilgan zardushtiylik adabiyotida ma‘lumotlar bor. Hozir
bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos.
U «Avesto 30 «nask» edi, majusiylar (zardushtiylar) qo‗lida 12 nask chamasi qoldi» deb
yozgan.
Avestoni mo‗badlar avloddan-avlodga, og‗izdan-og‗izga olib o‗tib, asrlar osha
saqlaganlar. Buning sababi mo‗badlar mag‗lub xalqlar (Yaqin va Sharq xalqlari) yozuvini
harom hisoblab, muqaddas xabarni unda ifodalashga uzoq vaqt jur‘at etmaganlar.
Dastavval (mil. I yoki II asrlarida), Arshakiylar davrida Avesto qismlarini to‗plash
boshlangan. Keyinchalik, Sosoniy Ardasher (227-243) davrida, ayniqsa, Shopur (243-
273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma
qismlari tartibga keltirilgan, so‗ng bu asosiy matn to‗ldirib borilgan. Avestoning ana shu
to‗ldirilgan nusxasining ikki to‗liq qo‗lyozmasi Hindistonda saqlanadi – biri Mumbayda,
zardushtiylarning madaniy markazi bo‗lmish
Koma nomidagi institutda, ikkinchisi –
Kalkuttadagi davlat kutubxonasida.
Avestoning «Yasna» kitobida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga
ishonmay, uning ta‘limotini qabul qilmaganlar. Zardusht vatanni tark etib, qo‗shni
davlatga ketadi, u erning malikasi Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning xayrixohligiga
erishadi. Ular Zardusht ta‘limotini qabul qiladilar. Natijada qo‗shni davlat bilan urush
boshlanib, Vishtaspa g‗alaba qozonadi. Shundan so‗ng bu ta‘limot xalqlar o‗rtasida keng
tarqala boshlagan. Keyingi davr rivoyatiga ko‗ra, Shoh Kavi Vishtaspa farmoniga bilan
Avesto kitobi o‗n ikki ming mol terisiga yozib olinib, otashkadaga topshirilgan.
Avestoning saqlanib qolgan to‗rtta kitobidan birinchisining nomi «Videvdat» (vi-
daevodatam – «Devlarga qarshi qonun») deb ataladi. Ushbu kitob Avestoning saqlanib
qolgan kitoblari orasida eng mukammali hisoblanadi. U yigirma ikki bob bo‗lib, boblari
fragard deb nomlangan. Fragardlarning ma‘nosi, vazifasi, uslubiy tuzilishi turlicha:
birinchi fragard – odamlar yashaydigan barcha yurtlarni Axura-Mazda qanday yaratgani
to‗g‗risida; ikkinchi fragardda Jamshid podsholigi –
kasallik, o‗lim, azob-uqubatlar
bo‗lmagan zamon haqida; uchinchi fragard dehqonchilikning savobli sharofatlari va h.k.
haqida.
Ikkinchi kitob «Yasna» deb atalib, Avestoning e‘tiborli bo‗limi sanaladi. Yasna –
yaz o‗zagidan bo‗lib, «sajda, topinch, namoz» ma‘nolarini ifodalaydi. Yasna 72 bobdan
iborat bo‗lgan. Boblari ha, haitiy deb atalgan. Har bir ha zarur o‗rniga qarab
marosimlarda, ibodatlarda kohinlar tomonidan o‗qilgan, qavmlar unga ergashib ibodat
qilganlar. Yasna kitobi (nask) tarkibiga Zardusht o‗zi ijod qilgan targ‗ibot she‘rlari ham
kirgan. Ular Yasnaning 28-34, 43-46, 47-50, 51, 53 – jami bo‗lib, 17 ta hasini tashkil
qiladi. Zardusht she‘rlari ilmiy adabiyotda gatalar deb atab kelinadi. Yasnaning 35-42-
halari ayniqsa, yuksak qadrlangan. Bu etti ha Haptanxati Yasna – «Etti bob Yasna» deb
nomlangan.
Uchinchi kitob «Vispered» deb nomlangan. U 24 bobdan tashkil topgan va har bir
bob alohida karde deb atalib, ma‘budlar sha‘niga o‗qilgan duolar va ibodat ustida ularga
murojaatlar hamda olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat
namozlari yig‗indisi ham deyishadi. Ayni paytda u Yasnaga qo‗shimcha hisoblanadi.
To‗rtinchi kitob «Yasht» (gimn) deb ataladi. U Avestoning eng qadimiy qatlami
bo‗lib, 22 bobdan iborat. Har
bir bob Axura-Mazdadan boshlab, u yaratgan va uning
ma‘lum vazifalarini bajaruvchi ma‘budlar sha‘niga aytilgan madhiyalardan iborat.
Avestoning bizgacha etib kelmagan kitoblaridan ba‘zi qismlari uning yig‗ma
parchalar to‗plami «Xo‗rdak Avesto» kitobida jamlangan. Masalan, Exppatastan
kitobidan mo‗badlar (kohinlar) uchun qonun-qoidalar, diniy boshqaruv tizimiga xos
ma‘lumotlarga oid qismlari, Nipangastan – diniy-mavsumiy, ijtimoiy marosimlar tartib-
qoidalari qismi, 20-naskda jonning u dunyodagi ahvoli haqidagi qismi va boshqalar shu
kitobda saqlangan.
Zardushtiylik dini haqida frantsuz olimi Anketil Dyuperron juda qimmatli
ma‘lumotlar qoldirgan. Masalan, u 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi
zardushtiylar
orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi
o‗rgangan va Avestoni frantsuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr
etilgan. Ayni paytda, shuni ham ta‘kidlash joizki, olimlarimizning fikricha, Avesto
G‘arbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar,
atamalar aksariyat hollarda asliga to‗g‗ri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam
qolgan.
Zartushtiylikni o‗rganish hozirgi kunlarda ham faol olib borilayapti. Ta‘kidlash
kerakki, bu sohadagi tadqiqotlar O‗zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etib, milliy
qadriyatlar va ko‗p qatlamli diniy tajribada mazkur dinning tutgan o‗rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: