Ibodat marosimlari. Oddiy yapon kishi uchun uning o‗z ibodatxonasi, unda
amalga oshiriladigan marosimlar, yilda bir marta bo‗ladigan rangin bayramlar hayotining
zaruriy qismi bo‗lib qolgan. Uning ota-bobolari ham shunday yashaganlar, o‗zi ham
undan oshirmasdan shu tarzda yashaydi.
Ibodatxonalar uchun alohida o‗ziga xoslik bilan birga ularning barchasi uchun
umumiy bo‗lgan jihatlar mavjud. Bu hukumatning din ishlarini tartibga solish va
sintoizmni davlat diniga aylantirishga qaratilgan urinishlari natijasidir. Shunday
urinishlarning biri 1868 yilda Meydzi qayta qurishidan keyin bo‗lib o‗tgan. O‗shanda
sintoizm ruhoniylarini o‗qitadigan ta‘lim tizimini yaratishga harakat qilingan edi.
Kannusi deb ataladigan bunday ruhoniylik lavozimi odatda meros sifatida uzatilar edi.
1946 yilda konstitutsiya yo‗li bilan din davlatdan ajratildi.
Ibodatxonada turli amallar bajariladi. Dindorlar mehrob oldida turib, maxsus katakli
qutiga biror tanga tashlaydilar, ta‘zim qiladilar, bir necha chapak chalib va ibodat
so‗zlarini qaytaradilar. Ibodatxonada turli bayramlar ham uyushtiriladi.
Sintoizm bayramlari. Sintoizmning keng tarqalgan bayramlaridan biri Motsuridir.
Bu bayram ba‘zi ibodatxonalarda yilda bir marta, ba‘zilarida esa ikki marta nishonlanadi.
Ko‗pincha bu bayram dehqonchilik ishlarining boshlanishi, hosil yig‗ib olish,
shuningdek, ibodatxona yoki mahalliy xudoga bag‗ishlangan sana bilan bog‗liq bo‗ladi.
Bayram ko‗tarinki kayfiyatda o‗tadi. Ruhoniylar bayram haqida faqatgina doimiy
ibodatga keladigan kishilarni emas, barcha aholini xabardor qiladilar. Motsuri bayramida
juda ko‗p odam to‗planib, ular katta tantanalar bilan o‗yin-kulgu qiladilar. Ayrim
ibodatxonalarda Motsuri rang-barang karnaval ko‗rinishida o‗tadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yapon xalq e‘tiqodlari juda xilma-xil. Ular bir
shakldan ikkinchisiga o‗tib hozirgacha yo‗qolmay etib kelgan. Bu e‘tiqodlar ham o‗z
navbatida, chetdan kirib kelgan turli dinlardan ta‘sirida shakllangan.