Glossary (glossariy) Atamaning nomlanishi Atamaning ma‟nosi



Yüklə 469,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/29
tarix07.01.2024
ölçüsü469,08 Kb.
#203192
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
portal.guldu.uz-Milliy dinlar

5-savolning bayoni: 
Zardushtiylik mil. av. II-I ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. 
Zardushtiylik vahiy orqali e‘lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U 
insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko‗p ta‘sir 
o‗tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi ustidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, 
jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta 
birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi 
asrlarda bu g‗oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o‗zlashtirildi. Aytib 
o‗tish joizki, ushbu din paydo bo‗lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to‗liq 
echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg‗ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, 
shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi 
hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so‗zni «Mazdaga sig‗inmoq» 


deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so‗zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. 
Zardushtiylik yana «Behdin», ya‘ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug‗langan. Uning 
ta‘limotiga ko‗ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so‗zi 
oldiga ulug‗lash ma‘nosini anglatuvchi «Axura» qo‗shilib, zardushtiylikning ilohiyati – 
Axura-Mazda nomi paydo bo‗lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. 
Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zardust, Zoroastr ko‗rinishlarida ham 
ishlatiladi. Tadqiqotchilar o‗rtasida Zardushtning tarixda bo‗lgan yoki bo‗lmaganligi 
borasida turli fikrlar mavjud. Ba‘zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy 
shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil.avv. 1200-570 
yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M.Boys 
ta‘kidlashicha, u mil.avv. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo 
hududida mavjud bo‗lgan ko‗pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va 
e‘tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. 

Yüklə 469,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin