Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug’ullanadi



Yüklə 18,68 Kb.
tarix11.12.2022
ölçüsü18,68 Kb.
#73782
3-мавзу


Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini hal etish bilan shug’ullanadi.
XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning hissiy bilishga nisbatan ustunligiga alohida urg’u berdilar. nemis faylasufi I. Kant Gnoseologiya oldida inson olamni bila oladimi, degan masala qo’yildi. Insonning bilish imkoniyatlarini inkor etuvchilar agnostiklar deb ataldilar.
Kundalik faoliyat tajribalari orqali bilimlar hosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Bilishning ikki shakli: kundalik (empirik) bilish va nazariy (ilmiy) bilish bir-biridan farqlanadi.
Kundalik bilish usullari nihoyatda xilma-xil va o’ziga xos bo’lib, bunday bilimlarni sistemalashtirish va umumlashgan holda keyingi avlodlarga berish ancha mushkuldir. Hozirgi zamon g’arb sotsiologiyasida xalqlarning kundalik bilim hosil qilish usullarini o’rganuvchi maxsus soha — etnometodologiya fani vujudga keldi.
Bilish ob’ekti. ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlardir.
Bilish sub’ekti. Bilish bilan shug’ullanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti hisoblanadi.
Inson va butun insoniyat ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo’ladi.
Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo’lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo’lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o’z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi.
Masalan, insonning mohiyati sezgi a’zolarimiz qayd etadigan qaddi-qomati, chiroyi, qo’li, oyoqlari bilan emas, uning aql va tafakkuri, mehr-shafqat hissiga, mehnat qilish, so’zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo’ladi.
Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish hissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavhumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Hukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni taqozo etadi. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga hukm deyiladi. Hukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi.
Masalan, «inson aqlli mavjudotdir», degan hukmda insonga xos eng asosiy belgi - aqlning mavjudligi tasdiqlanayapti. Biroq inson shunday murakkab mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki qirg’inbarot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo’lgan inson tomonidan amalga oshirildi. «Inson axloqli mavjudotdir». Inson to’g’risidagi hozirgi zamon fanining muhim xulosasi ana shu.
Xulosa — aqliy bilishning muhim vositalaridan biri, yangi bilimlar hosil qilish usulidir. Xulosa chiqarish induktiv va deduktiv bo’lishi, ya’ni ayrim olingan narsalarni bilishdan umumiy xulosalar chiqarishga yoki umumiylikdan alohidalikka borish orqali bo’lishi ham mumkin.
Bilishning oliy darajasi intuitiv bilish, qalban bilish, g’oyibona bilishdir. O’zining butun borlig’ini fan, din, siyosat va san’at sohasiga bag’ishlagan buyuk kishilar ana shunday bilish qobiliyatiga ega bo’ladilar. Intuitiv bilish hissiy va aqliy bilishga tayanadi.
Haqiqat inson bilimlarining voqelikka muvofiq kelishidir. (Masalan, O’zbekistonning milliy mustaqilligi ob’ektiv haqiqatdir.)
Ong va Ongsizlik.
Ongsizlik inson aqliy sohasidan tashqarida ong tomonidan nazoratga olinmaydigan turli ruhiy hodisa va holatlar majmuidir. Ongsizlikka tush ko’rish, gipnotik hollar, g’ayrishuuriy holat­lar va hokazolar kiradi.
Ongsizlik sohasiga insonning biologik mavjudot sifatidan holi bo’lmagan instinktlari kiradi. Instinktlar insonda ongosti istak-mayllari, tuyg’ulari, xohish impulslarini paydo qiladi, keyin ular ong sohasiga aylanadi.

Ehtimoliy xulosa chiqarish induksiya (lot. “inductio” – yagona asosga keltirish) - juz’iy bilimdan umumiy bilimga mantiqan o‘tish shaklida sodir bo‘ladi.


Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati - unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir.
Yüklə 18,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin