Golden brain issn: 181-4120 volume


GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 26 | 2023



Yüklə 255,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.09.2023
ölçüsü255,32 Kb.
#150046
1   2   3   4   5   6
117-122

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 26 | 2023
 
 
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal September, 2023
118
 
Markaziy Osiyoda yashab, ijod etgan buyuk allomalarning shaxs kamoloti 
to‘g‘risidagi qarashlari zamonaviy bosqichda jahon ta’limi uchun muhim asosdir.
Milliy pedagogik qadriyatlarni mavjud sharoitda demokratik qadriyatlar bilan 
uyg‘unlashtirish, ta’lim mazmuniga insonparvarlik va demokratik g‘oyalarni 
singdirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim-tarbiya 
samaradorligini oshirish-davr talabidir. Shu sababli, o‘quvchilarda milliy iftixor 
tuyg‘usini shakllantirishda estetik tarbiya usullarini qo‘llash muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
O‘zbek xalqi tarixini puxta bilish, tarixiy jarayonlar mohiyatini to‘g‘ri
anglash, ijtimoiy voqea-hodisalarga ongli munosabat, xalq qahramonlarining
faoliyatidan ibrat olish o‘quvchilarning milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlariga 
yordam beradi. Milliy iftixor ijtimoiy-psixologik hodisa, milliy iftixor tuyg‘usiga 
egalik esa, ma’naviy-axloqiy sifat bo‘lib, u samarali tashkil etilgan ijtimoiy tarbiya 
jarayonida shakllanadi. Milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishda shaxsning ma’naviy-
axloqiy kamoloti, bilim darajasi, dunyoqarashi, ijtimoiy-tarixiy jarayonlarga faol 
munosabati muhim o‘rin tutadi.
1
Bundan kelib chiqish mumkinki, fanlarni o‘qitish orqali milliy iftixor tuyg‘usini 
shakillantirish texnologiyalari bugungi kun fanining eng dolzarb masalasidir. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И 
МЕТОДОЛОГИЯ/ METHODS) 
Bugungi kunda ta’limda milliy iftixor tuyg‘usini shakillantirish texnologiyalari 
ustida olib borilayotgan tadqiqotlar dolzarb hisoblanib, bu yo‘nalishda bir qancha olim 
va olimalarimiz izlanishlar olib borishmoqda.
Xususan, D.I.Ro‘ziyeva, A.R.Rahmonov, G,Ernazarova kabi tadqiqotchilarimiz 
o‘zlarining tadqiqotlarida milliy iftixor tuyg‘usini shakillantirish texnologiyalari 
bo‘yicha bir qancha ilmiy yangiliklar va takliflarni ilgari surishgan. Fan 
metodologiyasi, o‘tish texnikalari, zamonaviy vositalarning bo‘lajak pedagog va 
1
Maxmudova Dilorom Inoyat qizi, Isabayeva Dilfuza Komiljonovna, Holiqova Madina Komilovna. Iqtidorli 
o’quvchilarda milliy iftixor tuyg’usini shakllantirishda estetik tarbiya usullarini qo’llash. Таълим ва инновацион 
тадқиқотлар (2022 йил No 4) 294-bet



Yüklə 255,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin