Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakatini o’rganish. Ishning maqsadi



Yüklə 269,25 Kb.
səhifə2/3
tarix18.09.2022
ölçüsü269,25 Kb.
#63755
1   2   3
GORIZONTGA NISBATAN BURCHAK OSTIDA OTILGAN JISMNING HARAKATINI O

Ishning qisqacha nazariyasi
Tajribada m massali po'lat sharcha gorizontga α burchak ostida boshlangich burchak ostida otilgan. Po'lat sharchaning gravitatasiya maydonidagi harakatining tekislikdagi proeksiyasi (1-rasm) quyidagi tenglama bilan tavsiflanadi.
(14)
bu erda - radius vektor, m- po’lat sharcha massasi, po’lat sharchaga ta’sir qiluvchi kuch
Quyidagi boshlangich shartlar asosidagi va
(I) tenglama yechimi po'lat shar koordinatalarining t vaqt funksiyasi kabi ifodalanadi:
(15) Bularni s uchish masofasi va h maksimal ko'tarilish balandligining, otilish burchagi α va boshlang'ich tezlikka bog'liq tenglamalar kabi ifodalash mimkin: (16)
(17)
Bu tajribada uchish uzoqligi s va h maksimal ko'tarilish balandligini α otilish burchagining funksiyasi sifatida boshlang'ich tezlikning uchta turli qiymati uchun aniqlanadi.
Eksperimental qurilma
- Sharchani otish qurilmasini 2-rasmda ko'rsatilgani kabi stolga o'rnating.

Uchish uzoqligi va balandligining otilish burchagiga bog’liqligini aniqlovchi tajriba qurilmasi.
- Sharcha kelib tushadigan latokni laboratoriya tagligiga o’rnating.
- Lotokka solingan qum to’shalma sathi (I usulda) yoki oq qog’oz varagi ustida nusxa olishda qog’ozining (II usulda) sathi otish qurilmasidagi sharcha sathi (10 sm) bilan bir xil bo’lsin.
- Traektoriyaning h maksimal ko’tarilish balandligini o’lchash uchun siljitgichga a shkala o’rnating.
Tajribani o'tkazish tartibi:
a) Uchish uzoqligining otilish burchagiga bog'liqligini aniqlash.
s uchish uzoqligining α otilish burchagiga bo'g'liqligi aniq belgilab olingan boshlang'ich tezlikda amalga oshiriladi.
-Tajribani qurilma prujinasining boshqa ikki holati, y’ani boshlang’ich tezlikning yana ikki qiymati uchun ham takrorlang. Eslatma: Sharchaning tushish nuqtasi ikki usulda: lotokka solingan qum ustida (I usul) yoki oq qog’oz varagi ustidagi nusxa olish qog’ozi (II usul) bilan qayd qilinishi mumkin. Ikkinchi usul uchun nusxa olish va oq qog’ozlarni yopishqoq lenta bilan mahkamlash tavsiya qilinadi. Har bir tushish nuqtasini raqamlab boring.
b) Ko'tarilish balandligining otilish burchagiga bog'liqligini aniqlash
- h maksimal ko'tarilish balandligining α otilish burchagiga bo'g'liqligi aniq belgilab olingan boshlang'ich tezlikda amalga oshiriladi.
- Tajribani proyeksion qurilma prujinasining boshqa ikki holati y’ani boshlang’ich tezlikning yana ikki qiymati uchun ham takrorlang.
Eslatma. Trayektoriyaning h maksimal ko’tarilish balandligi vertikal shkalali harakatlanuvchi chizg’ich bilan oson va aniq aniqlanishi mumkin.

Yüklə 269,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin