Gospodarka I innowacje


jadval. Pedagogik tajriba guruhi tarkibiga kiruvchi voleybolchilarda kuch sifatining darajasi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix09.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#95310
1   2   3   4   5   6
205-210 YOSH VOLEYBOLCHILARDA QO‘LNING PORTLOVCHI KUCHINI NOSTANDART MASHQLAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

4 jadval. Pedagogik tajriba guruhi tarkibiga kiruvchi voleybolchilarda kuch sifatining darajasi 
(n=10) 
Test mashqlari 
Ko‘rsatkichlar, X±δ 
Qo„l-qorin-bel mushaklari kuchi (stanovoy kuch), kg 
53,9±1,9 
Qo„llarni bukuvchi mushaklar kuchi (turnikda tortilish soni) 
5,4±0,7 


208 
Qo„llarni yozuvchi mushaklar kuchi (brusyada qo„llarni bukish-
yozish soni) 
4,9±0,7 
Gorizontal holatdan qo„llarni bukish-yozish (30 s) 
8,0±1,7 
Pedagogik tajriba guruhida ushbu ko„rsatkichlar biroz ustunlikka ega ekanligini ma‟lum bo„ldi. Lekin 
bu ustunlik tadqiqotga jalb qilingan shug„ullanuvchilarning umumiy tayyorgarligi oz bo„lsada, 
yuqoriroq darajada deb xulosa qilishga asos bo„laolmaydi (4-jadval). Ehtimol, mazkur vaziyat 
pedagogik tadqiqot shug„ullanuvchilarni alohida e‟tibor doirasida ekanligi ularning ruhiy-emotsional 
holatini ijobiy pog„onaga biroz ko„tarilganligidir. Ma‟lumki, bolalarni maqtash, rag„batlantirish, 
boshqalardan ustun qilib ko„rsatish yoki ularni o„zgalardan dono, aqlli, kuchli ekanligiga ishontirish 
ruhiyatga progressiv ta‟sir etib, ohir-oqibat funksional jarayonlarni faollashtiradi. 
4-jadvalda qayd etilgan ko„rsatkichlarga ko„ra shuni ta‟kidlash e‟tiborliki, qo„llarni bukuvchi mushaklar 
kuchi (turnikda tortilish) qo„llarni yozuvchi mushaklar kuchidan (brusyada qo„llarni, bukish-yozish) 
sezilarli darajada kam miqdorni tashkil etdi. Demak, qo„llarni bukuvchi mushaklar nisbatan zaifrok, 
rivojlanganligi ma‟lum bo„ldi. 
Diqqatni jalb qiluvchi yana bir vaziyat shundan iboratki, qo„llarga tayanib gorizontal yotgan holatda 
qo„llarni 30 sek davomida bukish-yozish soni qo„llarni bukuvchi-yozuvchi mushaklar kuchidan ancha 
ustun ekanligi namoyon bo„ldi. Bu holat ko„pgina tadqiqotchi-olimlar xulosasiga zid bo„libgina 
qolmay, aksincha, 11-12 va bundan katta yoshdagi bolalarda kuch sifatini katta og„irliklar bilan 
me‟yorsiz rivojlantirishga berilib ketmaslikka e‟tibor qaratadi. 
Qizig„i va murakkabligi shundaki, kuzatilgan aksariyat maktablarda o„quvchilarning nafaqat kuch sifati, 
balki jismoniy sifatlari ham juda kam rivojlangan. Ayrim bolalar uyalganlaridan hatto turnikda 
tortilishdan bosh tortadi. Demak, sport tugaraklari yoki BO`SMlarga kelayotgan aksariyat bolalar ham 
jismoniy jihatdan deyarli yetarli rivojlanmagan bo„lishadi. Shuning uchun trenerlar dastlabki 
tayyorgarlik jarayonida mashg„ulotlarni shug„ullanishga kelgan bolalarning jismoniy va funksional 
imkoniyatlariga moslab rejalashtirishlari zarur bo„ladi. 
Dastlabki sport tayyorgarligi bosqichida kuch sifatini bolalar imkoniyatiga qarab rivojlantirish 
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu bosqichda aksariyat kuchni rivojlantiruvchi og„irliksiz 
beriladigan nostandart mashqlar qo„llash zarur. 
Nazorat va tajriba guruhlarida tadqiqot boshlanishi va yakunida qayd etilgan ko„rsatgichlar 5 jadvalda 
berilgan. 
Jadvaldan ko„rinib turibdiki, nazorat va tajriba guruhlarida kuzatilgan natijalar dinamikasi tanlangan 
mavzuning bosh maqsadi, tadqiqotning asosiy g„oyasi va uning olidga quyilgan ilmiy faraz to„la-to„kis 
ijobiy hal etilganligini isbot qildi. Chunonchi, qo„l-qorin-bel mushaklari kuchi tadqiqot yakunida 
tadqiqot guruhidagi voleybolchilarda nazorat guruhidagilarga nisbatan 5,8 kg ga o„sdi. Nazorat 
guruhidagi voleybolchilarda ushbu farq faqatgina 3,1 kg ga teng bo„ldi. Ya‟ni nazorat guruhida ushbu 
ko„rsatgich tadqiqot boshida 53,2 kg ni tashkil etgan bo„lsa, tadqiqot yakunida 56,3 kg gacha oshdi. 
Tadqiqot guruhida bu ko„rsatgichlar 53,9 va 59,7 kg miqdorida qayd etildi.
Qo„llarni bukuvchi mushaklar kuchi tadqiqot guruhida 3,4 martaga ortgan bo„lsa, nazorat guruhida 
faqatgina 1,1 martaga teng bo„ldi xolos. 
Qo„llarni yozuvchi mushaklar kuchi: nazorat guruhida 4,8 - 6,0 marta; tadqiqot guruhida 4,9 – 7,2 
marta miqdorida o„z ifodasini topdi.
Qo„llarga tayanib gorizontal yotgan xolatda qo„llarni bukish-yozish soni: 8,2 – 9,2; 8,0 – 11,3 martaga 
teng bo„ldi. 
 


209 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin