G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?


Totalitarizmning o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə9/10
tarix22.12.2023
ölçüsü29,41 Kb.
#189223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test G‘oyalar xilma-xill-hozir.org

17. Totalitarizmning o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
Totalitarizm (“totalitare” – butunlik, to’lalik, mukammalik, “totalis” jami, to’la) – jamiyat hayotining barcha sohalarini davlat tomonidan to’la nazorat qilish, demokratik tashkilotlarni ta’qib qilish, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni tugatish, har qanday shaxs, ijtimoiy qatlam, guruh manfaatlarini davlat manfaatlariga bo’ysuntirilishini talab qiladigan siyosiy g’oyalar tizimi va ular asosida shakllanadigan davlat tuzumi.

18. Liberalizm haqida nimalar bilasiz ?
Liberalizm (fransuzcha: libéralisme) — odamlarning oʻzini, xatti-harakatlarini, mulkini boshqarishda erkin degan nuqtai nazarga asoslangan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy dunyoqarash, nazariya. Liberalizm 17-18-asrlarda Yevropa mamlakatlarida yuzaga kelgan, u Jon Lokk, Adam Smit, Sharl Lui Monteskye va boshqalarning mutlaq hokimiyatga qarshi qaratilgan nazariyalariga asoslanadi. Liberalizm gʻoyalari birinchi bor AQSH Konstitutsiyasi (1787) hamda „Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi“da (1789) mujassam boʻlgan. 19-asr va 20-asr boshlarida liberalizmning fuqarolik jamiyati, shaxs huquklari va erkinliklari, huquqiy davlat, demokratik siyosiy muassasalar, xususiy tadbirkorlik va tijorat erkinligiga oid asosiy qoidalari shakllangan. Hozirda liberalizm gʻoyalariga koʻra, erkin bozor mexanizmi samarali iqtisodiy faoliyat yuritish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni tartibga solib turish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi; ayni chogʻda bozor va raqobatchilik normal sharoitda rivojlanishi uchun bu sohaga davlatning muntazam ravishda aralashuvi zarur. 20-asr oxirida liberalizm, konservatizm va sotsial-demokratiya gʻoyalari bir-biriga yaqinlashdi.

19. «Dushmanlardan qo‘rqma – nari borsa, ular seni o‘ldirishi mumkin. Do‘stlardan qo‘rqma nari borsa, ular senga xiyonat qilishi mumkin. Befarq odamlardan qo‘rq – ular seni o‘ldirmaydi ham, sotmaydi ham, faqat ularning jim va beparvo qarab turishi tufayli yer yuzida xiyonat va qotilliklar sodir bo‘laveradi» - mazkur fikrni qanday izohlaysiz ?

Bugun dunyo ham, insonlar ham tamoman o‘zgarib ketdi. Globallashuv inson zotini ne ko‘ylarga solmayapti? Kechagina yurt, ota-ona bag‘rida yurgan, ko‘ngli orzu-havaslarga to‘la qanchadan-qancha navqiron yigitlar o‘z taqdirlariga loqaydliklari bois chet elda pul topaman deb, qullik iskanjasiga tushib o‘tiribdi. Farzandlarini mo‘may pul topish ilinjida yot yurtga jo‘natib yuborib, keyin esa ulardan pul olish tugul, hatto bir dom-darak va mujda eshitishga mushtoq bo‘lib, qon yig‘lab o‘tirgan ota-onalarni ham ko‘rayapmiz. Holbuki, bu ota-onalar bolalari taqdiriga befarq bo‘lmasdan, vaqtida bu yo‘ldan qaytarib, to‘g‘ri maslahat berganlarida shunday ko‘yga tushmas edi. Boriga qanoat qilmasdan erini chet elga kuzatib qo‘yib, keyin afsus chekib o‘tirgan xotin-qizlarning holini ayting.




Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin