G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?


Milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari va vositalari deganda nimalar nazarda tutiladi?



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə10/10
tarix22.12.2023
ölçüsü29,41 Kb.
#189223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test G‘oyalar xilma-xill-hozir.org

20. Milliy xavfsizlikni ta’minlash yo‘llari va vositalari deganda nimalar nazarda tutiladi?
Milliy xavfsizlikka erishishda davlatlararo bitimlar tizimini barpo etish muhim yo‘nalish hisoblanadi. O‘zbekiston qanchalik ko‘p mamlakat bilan do‘stona, amaliy muloqot va hamkorlik munosabatlarini o‘rnatsa, uning xavfsizligi shunchalik ko‘p kafolatlanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonni jahonning 125 mamlakati tan oldi. 84 mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
Respublika rahbariyati, mustaqillikning dastlabki oylarida birinchi bo‘lib Turkiyaga rasmiy tashrif buyurdi. Keyinchalik rasmiy delegatsiyalarimiz Germaniya, Fransiya, Avstriya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Misr, Indoneziya, Malayziya, Eron, Korea, Yaponiya kabi Yevropa va Osiyo qit’asining bir qancha boshqa mamlakatlariga safar qildi. Iqtisodiyot, ilm-fan va madaniyat kabi sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha shartnoma va hujjatlar imzolandi. Yangi mustaqil davlatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalar rivojlandi.
Mazkur bitim va shartnomalar O‘zbekiston atrofida xavfsizlik, ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yaratishiga ishonchim komil.
Imzolangan davlatlararo bitimlarga so‘zsiz amal qilish - xavfsizlik kafolati va shartidir.
Biz bu sohada ta’nalarga sabab bo‘ladigan ish qilmasligimiz, tanqidga nishon bo‘lmasligimiz lozim. Xuddi ana shu holdagina biz bilan hamkorlik qilayotgan davlatlardan zimmalariga olgan majburiyatlarini ijro etishni talab qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Imzolangan hujjatlarga so‘zsiz rioya qilish inson huquqlari, kam sonli millatlar huquqlari, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, tinch-totuv yashash tamoyillari singari sohalarda, ayniqsa, dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Bu holat yangi mustaqil davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ham o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Hamdo‘stlik barpo etilganidan buyon o‘tgan uch yildan oshiqroq vaqt ichida turli muammolar yuzasidan bir necha yuz bitim va shartnomalar qabul qilindi. Taassufki, ularning aksariyati qog‘ozda qolib ketdi. Shu bois gohida bir masala yuzasidan bir necha qaror qabul qilindi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga, do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatishga monelik qilmoqda.


1



2



http://hozir.org
Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin