Grammatika haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot, sifat, son va olmosh so‘z turkumlari yuzasidan mashqlar, testlar ishlash. Mustaqil ravishda ijodiy ishlar tayyorlash Reja



Yüklə 358,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix21.10.2023
ölçüsü358,12 Kb.
#158983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-amaliy mashgulot

Otlarning ma’no turlari 
Otlar ma’no va grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki turga bo’linadi: atoqli 
otlar, turdosh otlar. 
Predmet, voqea-hodisalarga atab qo‘yilgan otlar 
atoqli otlar 
deyiladi. Atoqli 
otlar bir xildagi predmet yoki voqea-hodisalarning birini ajratib ko’rsatishga xizmat 
qiladi. Tilimizning lug‘at zahirasida atoqli otlar ma’lum bir o‘rinni egallaydi. 
Kishilarning ismlari, familiyalari, otasining ismi, taxalluslar, laqablar, planeta va 
yulduzlaming nomlari, uy hayvonlari va qushlarga atab qo‘yilgan nomlar, geografik 
nomlar, tashkilot va idora nomlari, gazeta va jurnal nomlari atoqli otlar sifatida 
o'rganiladi. Tilshunoslikda atoqli otlarni o‘rganuvchi soha 
onomastika 
(yunoncha 
«nom qo‘yish san’ati») deb yuritiladi. Atoqli otlar faqat birlik shaklda qo‘llanadi. 
Atoqli otlar ko‘plik qo‘shimchasini olsa, grammatik ko'plikni emas, balki modal 
ma’nolarni ifodalaydi. Masalan: 
Shahardan Saltilarning bir arava bo'lib kelishlari 
ham Enaxonning shu xil havaslaridan biri edi 
(Cho’lpon). Bu gapda –
lar 
qo‘shimchasi orqali «mushtarak xususiyatga ega kishilar guruhi» (Salti va uning 
dugonalari) ma’nosi ifodalangan. 
Men bu ishni shunday qoldirib ketolmayman 
... 
Shamsiddin, To'raqul, Abdisamatlar qo’shkarnay bilan jar solishadi... bilasanmi? 



(Cho’lpon). Bu gapda ko'plik shakli orqali «birgalikda», «birgalashgan holda» 
ma’nolari ifodalangan. Turdosh otlar yakka predmet, shaxs yoki voqea-hodisaga nom 
bo‘lganda atoqli otga ko‘chgan hisoblanadi. Masalan: 
lola 
-
o'simlik nomi, turdosh ot; 
Lola-ism, atoqli ot; gulxan
-
olov, turdosh ot; «Gulxan»
-
jurnal nomi, atoqli ot 
va 
hokazo. 
1-mashq. Ko'plik shaklida kelgan atoqli otdan anglashilgan ma’nolarni izohlang. 
1.Arava Zebilar masjidi oldiga yetganda, Razzoq so‘fi bir necha kishi bilan 
birga, boshqa bir aravada qarshi tomonga o‘tib ketdi (Cho‘lpon). 2.Balki Qodiriylar, 
Cho‘lponlar, Usmon Nosirlar dilida armon bo‘lib ketgan gaplarni aytish uchun taqdir 
bu yaxshi kunlarni bizga ravo ko‘rgandir (S.Ahmad). 3.G‘afur G’ulom, Oybeklar 
nazari tushgan sendek ijodkor do‘stimiz bilan faxrlanamiz (S.Ahmad). 4. – Qizim, 
bugun mehmonlaringni Sultonxonlarnikiga olib chiqasan-a? – deb qolsinmi? 
(Cho‘lpon). 
2-mashq. Quyida berilgan atoqli otlarni ma’no xususiyatiariga ko‘ra guruhlarga 
ajratib yozing. 
Sirdaryo, Amudaryo, Hind okeani, Tinch okeani, Nurota tog‘i, Qo’qon, 
Orol dengizi, Marg‘ilon, Kaspiy dengizi, Toshbuloq, Norin daryosi, Jumanquduq, 
Chirchiq daryosi, Qumbuloq, Sho‘rquduq, Qumariq, Jiydaariq, Oy, Gulhovuz, 
Venera, Toshhovuz, Do‘nan, Gulqishloq, G‘irko‘k, Jarqishloq, Boychibor, Osiyo, 
Olapar, Afrika, T olrtko‘z, Yer, Qaytmas, Nilufar, Baroq, Gulnora, Mosh, Alisher, 
Malla, Bobur, Jizzax, Qirg‘iziston, «Yoshlik», Farg‘ona, «Sinfdosh», Tojikiston, 
«Xalq so‘zi», «Sharq yulduzi», «O‘zbekiston ovozi». 
3-mashq. O‘zingiz o’qigan badiiy asardagi atoqli otlarni ma’noviy guruhlarga 
ajratib yozing va ularning imlosi haqida ma’lumot bering. 
4-mashq. «Uzoq o’mishdan qolgan bebaho meros» mavzusida joy nomlari tarixi 
bilan bog‘liq uy inshosi yozing. Insho yozishda ilmiy adabiyotlardan, etnografik, 
etimologik, izohli lug’atlardan, shuningdek, buvi va bobolaringizdan eshitgan 
hikoyalardan unumli foydalaning. 
Turdosh ot. Bir turdagi predmet, voqea-hodisalarning umumiy nomini 
bildiradigan otlar 
turdosh otlar 
deyiladi: 
odam

bug‘doy, bayroq, yomg'ir, davlat

meva, tezlik, oqibat 
kabi. 
Turdosh otlar birlik va ko‘plik shakllarda qo‘llanadi. Turdosh otlar ifodalagan 
tushunchaning xususiyatiga ko‘ra aniq va mavhum otlarga bo‘linadi. 
Bevosita ko‘rish, sanash mumkin bo'lgan jonli va jonsiz predmetlar 
aniq otlar
hisoblanadi: 
kitob, daftar, eshik, tuproq, olma. 
Bunday otlar sanoq sonlar bilan 
sintaktik aloqaga kirisha oladi: 
о‘nta kitob, to’rtta olma. 
Shuningdek, sub’ektiv baho 
hamda ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi: 
qizaloq, kitoblar. 
Mavhum tushuncha, belgi, xususiyat va holat nomlari 
mavhum otlar 
deyiladi. 
Mavhum otlar ko‘plik shakl ida qo’llanmaydi; 
ezgulik, yaxshilik, mehr,
muhabbat, baxt, quvonch. 
Ko‘plik qo'shimchasini qabul qilganda grammatik 
ko‘plikni 
emas, 
balki modal ma’nolami ifodalagan bo'ladi: 
Ovozlari qulog’im
ostida jaranglab turibdi 
(S.Ahmad). 
Quvonchlarim yaproq misol to'kildi 
(F.Azimova). 
Turdosh otlar birlik shaklida predmetlaming jamini yoki yakka predmetlami 
ifodalaydi. Shunga ko'ra yakka va jamlovchi otlarga ajratiladi. 



Yakka otlar 
bir turdagi predmetlardan birini ajratib ifodalaydi: 
gul, choynak, 
piyola. 
Jamlovchi otlar 
esa birlik shaklida bo'lsa ham, mazmunan ko‘plikni bildiradigan 
otlardir: 
aholi, omma, olomon, xalq, qo‘shin. 

Yüklə 358,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin