3
Predmetlik ma’nosini bildiruvchi so‘zlar
turkumi
ot
deyiladi. Ot son, egalik,
kelishik kategoriyalari, turli ma’no va vazifa uchun qo’llanadigan morfologik
shakllarga,
shuningdek, o‘ziga xos so‘z yasalish tizimiga ega. Masalan:
ishchilarimizning
so'zida
-chi
– so‘z yasovchi,
-lar
– ko‘plik,
-imiz
– egalik,
-ning
–
kelishik shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalardir.
Otlar
kishi nomlarini: Ahmadjon, Nozimbek, Maftuna, Muslima
;
o'rin-joy
nomlarini
:
Farg‘ona, Samarqand, maktab, qishloq; daraxt va o’simlik nomlarini
:
chinor, majnuntol, kashnich:, narsa-buyum nomlarini
:
cho‘mich, kosa, ko'ylak
;
vaqt-fasl nomlarini: yil, daqiqa, soat
,
hafta, oy, yoz, kuz, qish, bahor, mart, may
;
voqea-hodisa nomlarini: majlis, dars, to’fоп, zilzila
; y
er va osmon jismlari
nomini: tuproq, tog’, tosh, quyosh, yulduz.
Shuningdek:
sevgi, tinchlik, orzu,
yaxshilik, qobiliyat
kabi mavhum tushuncha nomlarini ifodalab keladi.
Ot turkumidagi so‘zlar sifat, son, olmosh, fe’l va ravish turkumidagi so‘zlar
bilan sintaktik munosabatga kirishadi:
shirin olma, uchta qalam, o'sha kitob,
maktabda ishlamoq, ко’p odam
kabi.
Ot gapda turli vazifalarda kela oladi, lekin ega
vazifasida kelishi uning
yetakchi sintaktik belgisidir.
Ot turkumiga mansub so‘zlar bosh kelishikda kelganda –
ega
va
kesim
,
qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalarini olganda
aniqlovchi, izohlovchi, to‘ldiruvchi, hol va undalma
bo‘lib keladi. Masalan,
Ko‘z
–
qo'rqoq, qo’l
–
botir (Maqol). Gullarning ichida eng qadrlisi
–
atirgul. Azamat
teraklarning yaproqlari kumush astarlarini oyga tutib, orom uyqusiga ketishgan
(S.Ahmad). Yo‘lchi o'z do'sti Qoratoy temirchi bilan hangomalashib o'tirar edi
(Oybek). Adabiyot ilmi xuddi yong‘oqqa o’xshaydi: sirti qattiq, lekin ichidagi
mag‘izi shirin (A.Qahhor). Osmonda yulduzlar siyrak qoldi (P.Qodirov).
–
Bolam,
hech kim otasiz о‘smabdimi, bo’ying cho‘zilib qoldi, endi о‘zing ota bo‘lasan,
mana ко‘rasan (SAhmad).
Dostları ilə paylaş: