Sifat so‘z turkumi Predmetlaming belgi-xususiyati (rangi, hajmi, shakli, mazasi, xarakteri, holati,
vazni, hidi, o'rin yoki vaqtga munosabati)ni ifodalaydigan so'zlar turkumi
sifat deyiladi. Sifatlar ot yoki fe’lga bog'lanib
qanday?, qanaqa?, qaysi?, qachongi? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi:
yashil qalam, mitti yulduz, kunbotar omon, kuzgi tufli, afsonaviy qush, tajang odam, yaxshi о'qimoq, chiroyli yozmoq. Sifatlar gapda
aniqlovchi ,
kesim, hoi bo'lib keladi: Uning
moviy ko'zlari
onasi – Safurani eslatib turardi (F.Azimova). Non
aziz, uning ushog'i ham aziz
(Maqol).
Chaqmoq telpagini qiyshiq qo'ndirib olgan (O'.Hoshimov).
Sifatlar otlashganda ko'plik, egalik, kelishik qo'shimchalarini qabul qiladi va
otning so‘roqlariga javob bo'ladi, ot kabi sintaktik vazifalarni bajaradi. Masalan,
ega: Egri ozadi,
to'g'ri o'zadi (Maqol);
to'ldiruvchi :
Vafosizda hayo yo’q,
hayosizda vafo yo'q (Maqol);
qaratqich aniqlovchi: Yaxshining so'zi – qaymoq,
yomonning so’zi – to'qmoq (Maqol).
19-mashq. Berilgan matndagi sifatlarni ma’noviy guruhlarga ajratib yozing.
Namuna: Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar: shirin, nordon...
Shakl ko'rinishni bildiruvchi sifatlar: novcha, gavdali...
1. Halinchakka,
chakan ko'ylak yarashar
Kelinchakka,
chakan ko'ylak yengiga
Tut qoqaylik...
Bir-ikki bayt o'tgandan keyin Zebining tiniq, g'uborsiz, jonon piyoladek
jaranglab chiqadigan, chiroyli va o'tkir ovozi qo'shildi. (Cho'lpon). 2.Mana o'sha sariq
qamishzor ichida yurgan «yo'lbars»lardan biri parcha nonga zor, beholi bemador
qadam tashlab, samigun, yo'l yoqasida yiqildi. (Mirmuhsin). 3.Barcha jonzod
bolaligida shirin va suyganchik bo'ladi, echki bolasini oling, katta bo'lgach biri –
shumshuk taka, bo'ri bolasi – bo'ri, ular ota-bobolari qilgan ishni qiladurlar.
(Mirmuhsin). 4.Tor ko'chada qo'shnimizning eski, shaloq eshigi oldida mening chol
bobom – uzun soqolli, yirik jussali, kar quloq mo'ysafid bilan nimalar to'g'risidadir
ezmalanib so'zlashadi (Oybek). 5.Bobom oriq kichkina gavdasini devorga suyab
cho'qqaygan, hassasini tizzalarining orasiga qadagan. O'rtog'i esa qo'pol, eski, sag'ri
kovush kiygan, uzun oyoqlarini cho'zib, oftobga yag'rinini tutgan holda, yerga
yonboshlab o'tiribdi (Oybek). 6.Siyrak o'tkinchilar albatta, qo'l qovushtirib
«Assalomu alaykum», – deb o'tadilar (Oybek). 7.Bo'yi pastroq odamlar baland
bo'ylilarga havas bilan qarar emish (Shukrullo). 8.Mashinaning oynalariga tushgan
ertalabki quyoshning nurlari bugun ham kunning issiq bo‘lishidan darak berib turardi
(Shukrullo). 9.Ovchi odam bog'bonlik qilib daromad topishdan ko‘ra ko'proq qanday
qilib bo’lsa ham o'z ovchiligi orqali kattaroq o'lja tushirish, uning bo'ladigan joylari
haqida bosh qotirgani ma’qul (Shukrullo). 10.Bugun kutilmaganda shahristonlik
6
havaskor shoirlar bilan uchrashib qoldik (Shukrullo). 11.Yangi yaraqlagan quticha
ustiga kattakon bir karnay o'rnatilgan (Oybek). 12. Muhabbatning saroyi keng ekan,
yo'lni yo'qotdim-ku, Asrlik tosh yanglig' bu xatarlik yo'lda qotdim-ku. Karashma
dengizin ko'rdim, na nozlik to'lqini bordir, Halokat bo'lg'usin bilmay, qulochni katta
ochdim-ku (Cho'lpon). 13.Qoraqosh, ko'krakdor, xushbichim bu yigit Dildorning ham
hushini o'g'irlagan edi (S.Ahmad). 14.Yer hali yaxshi qurimagan, devorlarning
kungay etaklari sergib qolgan bo'lsa ham, o'radagi arava izi pilchillab yotar, bultur
kallaklangan tollarning silliq novdalari hushtak yasasa bo'ladigan darajada sarg'imtil
rangga kirib suv yig'ib qolgan (O'.Hoshimov).