9
Jamlovchi sonlar -ov, -ala, -ovlon
qo‘shimchalari yordamida hosil qilinadi:
ikkov, beshala, yettovlon
kabi. Jamlovchi son predmetning jamlangan, to‘dalangan
holdagi miqdorini anglatadi.
Taqsim sonlar
predmetning miqdor jihatdan bo’linganligini bildiradi.
Taqsim
sonlar miqdor songa
-tadan
qo‘shimchasini qo‘shish orqali, hamda dona sonlarning
takrorlanishdan hosil bo‘ladi:
beshtadan, o'ntadan, yuztadan: o’nta-o‘nta, yuzta-
yuztadan.
Tartib sonlar
predmetning joylashish tartibini bildiradi. Tartib son miqdor songa
-nchi (-inchi)
qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: birinchi kurs, to’rtinchi
qavat, o‘ninchi qator kabi.
Tartib sonlarning imlosi.
Tartib son
harflar bilan yozilganda
-nchi (-inchi)
qo‘shimchasi so‘zga qo‘shib yoziladi:
beshinchi, ikkinchi.
Tartib son arab
raqami bilan ifodalanganda mazkur qo‘shimcha o‘rnida chiziqcha qo‘yiladi: 2-kurs,
18-maktab; rim raqami bilan ifodalanganda chiziqcha qo‘yilmaydi, biroq
o‘qilganda -nchi (-inchi) talaffuz qilinadi: XXI asr, IX chaqiriq kabi.
Tartib sonlar arab raqami bilan ifodalanib oy va yillami bildirsa ham chiziqcha
qo'yilmaydi, lekin o’qilganda -nchi (-inchi) qo’shib talaffiiz qilinadi: 22 mart, 2004
yil kabi.
Sonlar qo’llanishiga ko'ra
butun
va
kasr
sonlarga bo‘linadi.
Butun sonlar
umumiy miqdorni bo'laklarga
ajratmagan holda, butunligicha
ifodalaydi: besh, o‘n, yuz kabi.
Kasr sonlar
butunning qismini bildiradi: beshdan bir, o‘ndan uch kabi.
Butun son bilan kasr son birgalikda ifodalansa kasrli son deyiladi. Kasrli son
yozuvda quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
12,5 – o’n ikki yarim, o‘n ikki butun o’ndan besh.
I
3 - uchdan bir; bir taqsim uch.
5,03 - besh butun yuzdan uch kabi.
33-mashq. Gaplarni o'qing. Sonlarni topib, ma’no turini va imlosini tushuntiring.
Ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
1. Har bir odamni hayot o’z ummonidagi olovlari bilan pishiq g‘isht kabi
toblamasa, siz ming tarbiya berganingiz bilan g‘isht xomligicha qolarkan,
bir-ikki
zarbadan uvalanib ketarkan (P.Qodirov). 2. Otasining rasadxonasida ilmi nujumdan
saboq olgan Abdullatif osmondagi o'nlab yulduzlarni bir qarashda tanir edi
(P.Qodirov). 3. Uning ikkita aybi bor: birlamchi, jussadan bergan emas, ikkilamchi,
xotinidan ko‘p urish eshitadi (A.Qodiriy). 4. Har bir mingboshiga o’ntadan, har bir
aminga
ikkitadan, har bir ellikboshiga bittadan yaroqlik yigit beradigan bo’lishibdi
(Cho'lpon). 5. Begimni madrasaga ikki nafar sodiq kanizagidan tashqari yana to’rt
nafar barvasta soqchilar ham kuzatib keldilar (P.Qodirov). 6. Uchovlon tashqariga
chiqqanlarida daraxt soyasida poyloqchilik qilib turgan kishi yo’lni to‘sdi
(P.Qodirov). 7. Uchala xotin ham bu yukning nimaligini anglab yetolmadilar
(Cho’lpon). 8. Aholining uchdan bir qismi dehqonchilik bilan shug'ullanar ekan
(Gazetadan).
Dostları ilə paylaş: