Grammatika haqida umumiy ma’lumot. Morfologiya haqida umumiy ma’lumot. Ot, sifat, son va olmosh so‘z turkumlari yuzasidan mashqlar, testlar ishlash. Mustaqil ravishda ijodiy ishlar tayyorlash Reja


Sonning tuzilishiga ko‘ra turlari



Yüklə 358,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix21.10.2023
ölçüsü358,12 Kb.
#158983
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2-amaliy mashgulot

Sonning tuzilishiga ko‘ra turlari 


10 
Sonlar tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab va juft bo‘ladi. 
Sodda son 
birgina o‘zakdan tuzilgan bo‘ladi: 
uch, besh, о‘n 
kabi. 
Murakkab sonlar 
kamida ikki o‘zakdan tuzilib, bir umumiy miqdorni anglatadi: 
bir yuz ellik, yigirma besh

ikki ming to‘rt 
kabi. 
Juft sonlar 
ikki sonning juft holda, ketma-ket holatda yoki o‘zaro teng 
bog‘lanishidan hosil bo'ladi: 
besh-o’n, to‘rt-besh, besh-besh, yuzta-yuzta, qirqta-
ellikta, о’n-o’n beshta 
kabi. 
35-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Sonlarni topib, tuzilishiga ko'ra turini tahlil 
qiling. 
1. Mevasining uzunligi 30 dan 90 santimetrgacha, aylanasi esa 25-30 santimetr, 
ya’ni qovunsimon, og‘irligi 10-15 kilo keladi. 2. Dunyoda hammasi bo‘lib, 5621 til 
va sheva bor ekan. Hozirgacha shundan atigi 500 tasigina o‘rganilgan bo‘lib, 1400 
tasining esa yo‘qolib ketish xavfi bor. Har uch tildan bittasi yozuvga ega emas. 
3.Mutaxassislarning hisob-kitobicha, boshimizda 125000 ga yaqin soch tolasi bo‘lib, 
umrimiz davomida 1,5 millioni tushib, qaytadan chiqadi. 4. Terimizning har 6,5 
kvadrat santimetrida 25 metr asab tolalari, mingdan ortiq asab nuqtalari, 6 metr qon 
tomirlari bor («G‘aroyib olam»). 
Olmosh so‘z turkumi 
Predmet yoki uning biror belgisiga nom bo‘lmay, predmet yoki belgi 
tushunchasining mavjudligini ko'rsatadigan mustaqil so‘zlar turkumi 
olmosh 
deyiladi. 
Olmoshlar nutqda 
ot, sifat, son 
o‘rnida keladi va gapda ularga xos vazifani 
bajaradi. 
Olmoshni boshqa turkumdagi so‘zlardan ajratuvchi asosiy belgisi uning ma’no 
xususiyatidagi mavhumlik va umumiylikdir. Olmoshlar boshqa turkumdagi 
so‘zlardan yasalmasligi jihatidan songa o’xshaydi. 
37-mashq. Gaplarni o'qing. Olmoshlami topib, ularning qaysi so‘z turkumi 
o‘rnida qo'llanganligini va gapdagi vazifasini ayting. 
1. Avtobus shahardan chiqar mahalda Zelixon Yigitaliga qarab ajablandi. 
Shuncha paytdan beri uning birga ekaniga ahamiyat bermagan ekan (T.Malik). 
2.Shaharda bitta kutubxona bor. Bu kutubxona ham qarovsizlikdan to'kilib qolgan 
(Gazetadan). 3. Uning uchun bu eshik hovli bilan ko'chani bog'laydigan bir vosita 
emas, balki umid qopqasi edi (T.Malik). 4. Dunyoda faqat bir sobit suxan bor: U o'z 
farzandingga o'zing qo‘ygan nom (A.Oripov). 5. Kimdir eski kursi keltirib gulxan 
yoniga qo‘ydi (O'.Hoshimov). 6. Balki qovurma chuchvaradan umid qilib 
tavanxonaga kirgandir? Mo‘ralab qarasam, u yerdayam yo'q (O'.Hoshimov). 7. O‘sha 
kuni ham odatdagidek yarim kechada uyga qaytdim (O’.Hoshimov). 8.Hammamiz 
duoyi-jonimizni qilib yuribmiz, siz mashq qilib bo'lguncha urush ham bitib qolarmish 
degin (O'.Hoshimov). 

Yüklə 358,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin