11
Kishilik olmoshlari.
Nutqdagi uch shaxs yoki predmetni ko'rsatib, birlik va
ko'plikda qo’llanadi:
men, sen, u; biz, siz, ular.
Ko'plikni ko'rsatuvchi biz, siz, ular olmoshlari qo'llanishiga ko‘ra ba’zan
birlik
hamda kamtarlik, hurmat, kibrlanish, faxrlanish kabi modal ma’nolarni ifodalaydi.
Biz, siz olmoshlariga ba’zan ko'plikni ta’kidlash maqsadida -lar qo'shimchasi
qo'shiladi. Kishilik olmoshlari hech qachon egaiik qo‘shimchalarini qabul qilmaydi.
Men, sen olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari qo'shilganda
bitta n tushib qoladi:
men+ni-meni, men+ning-mening.
U olmoshi jo'nalish, o‘rin-
payt, chiqish kelishigi qo'shimchalarini olganda bitta n orttiriladi:
u+ga-unga, u+da-
unda, u+dan-undan.
Ko‘rsatish olmoshlari
predmet, shaxs, belgi, voqea-hodisa, o'rin
yoki vaqtga
nisbatan ko'rsatish, ajratish, ta’kidlash uchun ishlatiladi. Ko'rsatish olmoshlariga
quyidagilar kiradi:
bu, shu, и, о’sha, ana u, mana bu.
Poetik nutqda va tarixiy
asarlarda
ul, bul, shul, о‘shal
olmoshlari qo'llanilganligini kuzatish mumkin.
Ko'rsatish olmoshlariga qo’himchalar quyidagi tartibda qo'shiladi:
Olmosh+kelishik: u+ni, shu+ning, o‘sha+ni.
Olmosh+ko'plik: u+lar, bu+lar, o'sha+lar.
Olmosh+ko'plik+kelishik: u+lar+ni.
Olmosh+ko'plik+egalik+kelishik: shu+lar+ing+ni, o'sha+lar+ing+da.
So‘roq olmoshlari
predmet, shaxs, belgi, ish-harakatning bajarilish o'rni
haqidagi so'roqni bildiradi. So'roq olmoshlariga quyidagilar kiradi:
kim?, nima?,
qanday?, qanaqa?, necha?, qancha, qachon?, qaerda?.
Poetik
nutqda
ne? na?,
nechun?, nechuk?, qay?
shaklida qo'llanishi kuzatiladi.
O‘zlik olmoshi
aniq, yakka shaxsni ajratib ko'rsatish uchun qo‘llanadi.
O’z
(o'zi)
so‘zi o‘zlik olmoshi hisoblanadi. Bu olmosh kishilik olmoshlari o‘rnida:
о'zim-o‘zing-o‘zi; о‘zimiz-o’zingiz-o‘zlari
ba’zan birga men o‘zim-sen о‘zing-uning
o‘zi; ot o'rnida kelib, egalik qo'shimchasini oladi va har uchala shaxsni ko'rsatadi.
Qo‘shimchalar
qabul
qilish
tartibi
quyidagicha:
olmosh+egalik-o‘z+i;
olmosh-egalik+kelishik-o‘z+i+ni. Ko'plik qo'shimchasini olganda nutq vaziyatiga
ko'ra hurmat, kesatiq, piching kabi modal ma’nolarni ifodalashi mumkin. Gapda ega,
aniqlovchi, to'ldiruvchi va kesim vazifasida keladi.
Belgilash olmoshlari
predmet yoki uning biror belgisini jamlab, yakkalab,
ajratib ko'rsatish uchun ishlatiladi.
Har kim, har nima, ba
’
zi
,
har qanday
,
har qaysi
olmoshlari shaxs
yoki narsa belgini ajratib, alohida ta’kidlash orqali ifodalaydi.
Hamma, barcha, bari, butun
olmoshlari jamlashga, umumlashtirishga xizmat qiladi.
Butun, bari olmoshlari ko‘plikda qo'llanmaydi. Ba’zi olmoshi va har so'zi ishtirokida
yasalgan belgilash olmoshlariga kelishik qo'shimchasi egalik qo'shimchasidan so'ng
qo'shiladi:
ba’zisini, har qaysingizni.
Belgilash olmoshlari gapda sifatlovchi bo'lib
keladi. Otlashganda (hammasini, ba’zilar, har narsangizni) otga xos morfologik-
sintaktik xususiyatga ega bo'ladi.
Bo'lishsizlik olmoshlari
umuman mavjud bo'lmagan predmet, belgi yoki
miqdorni ko'rsatadi. Bo'lishsizlik
olmoshi
hech
so'zidan keyin so'roq olmoshi yoki
narsa, bir so'zini keltirish bilan hosil qilinadi:
hech qaysi, hech kim, hech narsa, hech
bir
kabi.
12
Gumon olmoshlari
mavjud, ammo noma’lum bo'lgan predmet, belgi yoki
miqdorni ko‘rsatadi. Gumon olmoshlari so'roq olmoshlariga
-dir
qo'shimchasini
qo'shish orqali hosil qilinadi:
kimdir, nimadir, qaysidir
kabi. Shuningdek, so'roq
olmoshlari oldidan
alla
yoki
bir
elementini keltirish bilan:
allakim, allanima; bir
narsa, bir qancha, bir necha
kabi hosil qilinadi. Nutqda ba’zi, birov olmoshlarining
birgalikda qo'llanilganini kuzatish mumkin: ba’zi birov, ba’zi birovlarning kabi. Bir
so'zi qaysi, ba’zi olmoshlaridan so'ng kelishi mumkin:
qaysi bir, ba’zi bir.
Kimdir,
qandaydir olmoshlariga sinonim bo'lgan birov, biron, biror so'zlari ham gumonni
anglatadi. Hatto
bir
so'zining o‘zi ham o'rniga ko'ra gumonni anglatadi.
38-mashq.
Gapdagi olmoshlami topib, qaysi so'z bilan bog’langanligini ayting.
Ulardagi qo'shimchalarning qo'shilishini izohlang.
1.O'zi pasmondaning ko'zi osmonda (Maqol). 2.Har qanday chuqur yerdan ham
osmonga ko'tarilish mumkin (Seneka). 3.Palag‘da tuxumga murch sepib bergan bilan
uni yeb bo‘lmaydi (A.Qahhor). 4. Mening oltita sadoqatli xizmatkorim bor. Hamma
narsani ulardan o‘rganaman. Ismlari: nima?, qachon?, qanday?, qaerda?, kim?,
nimaga? (D.Kamegi). 5.Taqdirotning muqarrar qonuniga ko‘ra, har bir xalq o‘z
turmushi bilan jami insoniyat hayotining qaysidir bir qirrasini ifodalashi lozim, aks
holda, bu xalq hayot kechirmaydi, balki behuda tirikchilik qiladi va uning
mavjudligidan hech qanaqa naf yo'q (V.Belinskiy). 6.Biryoqlamalik har qanday
odamga zararli, jumladan, butun insoniyatga ham. Butun dunyo Rimga aylanganida,
hamma
xalqlar rimcha fikrlab, rimcha his qila boshlaganida, inson tafakkurining
harakati ham to'xtaydi (V.Belinskiy). 7. Har kimning o'z eli – o'ziga shirin (Maqol).
8.Birovning bergani – ko’rgulik, mehnatning bergani – to‘ygulik (Maqol). 9.O‘zining
butunini qo'yib, birovning yarmiga osilar (Maqol).
Dostları ilə paylaş: