Guliston davlat pedagogika instituti boshlang’ich ta’lim metodikasi 22-gurux talabasi kamolova zebinisoning media savodxonlik va axborot madaniyati fanidan taqdimoti
GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI 1.22-GURUX TALABASI KAMOLOVA ZEBINISONING MEDIA SAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI FANIDAN TAQDIMOTI
FAN OQITUVCHISI:
ABDUMAJID XUDEYBERDIEV 2022-2023
Mavzu: Jahon media va axborot makonida raqobat muhiti Reja:
1.Aholining axborotga bo‘lgan ehtiyoji. 2.Davlat va xususiy bosma nashr va ommaviy axborot vositalarida raqobat muxiti.
3.Bloger va vaynerda kasbiy etiket.
4.Axborot daromad manbaiga aylanishi. Axborotning inson ongiga ta’sir muammolari.
Demokratik jamiyatda davlat boshqaruvi qanday amalga oshiriladi? Javob — oddiy. Ya’ni, aholining bevosita ishtiroki orqali. Buning uchun esa fuqarolar mamlakatda qanday qaror va dasturlar qabul qilinayotgani, ular qay yo‘sinda bajarilayotgani, inson huquqlari bilan bog‘liq masalalar qanday hal qilinayotganidan xabardor bo‘lishi kerak. Islohotlarning borishi haqida yetarli tasavvurga ega kishi shunga qarab harakat qiladi, o‘z ishi, ertangi kuni uchun reja tuzadi. Turli yo‘nalishlar bo‘yicha davlatning siyosati, dasturlari haqida o‘z munosabati, qarashlarini shakllantirib boradi. Bu kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning eng muhim shartlaridan biridir. E’tibor bilan qaralsa, butun dunyoda davlat va jamiyat boshqaruviga yondashuv o‘zgarib, tobora takomillashib borayotganini ko‘ramiz.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini o‘rganish va tadqiq qilish bilan shug‘ullanadigan xalqaro institutlar aholining siyosiy-huquqiy bilimi, ijtimoiy-iqtisodiy faolligi oshib borayotgani bunga asos bo‘layotganini qayd etmoqda. Shu bois bugungi kunda bir qator davlatlar fuqarolar bilan axborot va fikr almashish uchun qulay muhit yaratishga e’tiborni kuchaytirmoqda. Bu axborot sohasi har tomonlama isloh qilinishi bilan bog‘liq. Shundan kelib chiqib fikrlaydigan bo‘lsak, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi asosida «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilgani bejiz emasligi ayon bo‘ladi.