Guliston davlat pedagogika instituti


-mavzu: Kitobiy dostonlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə48/96
tarix16.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#182390
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
OZB FOLK UMK yangi

7-mavzu: Kitobiy dostonlar
Reja:
1. Kitobiy dostonlarning o‘ziga xosligi.
2. Kitobiy dostonlarning yaratilish shartlari.
3. Kitobiy va an'anaviy dostonlar munosabati.


1. Kitobiy dostonlarning o‘ziga xosligi. O‘zbek baxshilari repertuaridan mustahkam o‘rin olgan epik asarlarning maxsus bir turini — klassik poeziya namunalarining baxshilar tomonidan folklorga xos ra­vishda qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan yoki yaratilishi jihatidan yozma adabiy mavbaga ega bo‘lgan, shuningdek, bevosita yozma adabiyot ta'sirida yaratilgan asarlarni — kitobiy doston­lar deb yuritiladi.
Kitobiy dostonlar unga asos bo‘lgan manbaning xarakteriga arab, romanik yoki qahramonlik dostonlari xususiyatlarini o‘zida kam yoki ko‘p saqlagan bo‘lishi mumkin. Ularda sof folklor dostonlari uchun xarakterli bo‘lgan qahramonona jasorat, jangu jadallardagi jangovarlik nihoyatda sust berilib, asosiy o‘rinni ijtimoiy va oilaviy hayotning tashqi shart-sharoitlari bilangina kelisha olmagan zavqli, ko‘tarinki muhabbat temasining turli-tuman ko‘rinishlari egallaydi.
Kitobiy dostonlarning bir turi klassik adabiyot namunalarini baxshilarning qayta ishlashi natijasida yuzaga kelgan. Ma­salan, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Barrom va Gulandom»ning xalq variantlari Alisher Navoiy asarlari asosida, «Yusuf va Zulayxo» shu syujetdagi forsiy va turkiy asarlar asosida, «Rustami Doston» «Shohnoma» asosida, «Sayful Malik» Majlisiy asari asosida, «Varqa bilan Gulshox», «Vomiq bilan O‘zro» kabi aearlarning xalq variantlari esa forschadan ozarbayjonchaga qilingan tarjimalar asosida yaratilgan. Biroq ularning xalq dostonchisi repertuariga kelish jarayoni turli-tuman bo‘lib, mazkur asarlar bilan ularning xalq variantlari orasida turli davr shoirlari, savodli kishilar va qissaxonlar tomonidan tuzilgan nusxalar ham bo‘lgan. O‘z navbatida bunday asarlarni yaratgan yozma adabiyot namoyandalari ham xalq ijodidagi rivoyat va afsonalarga tayanganlar. Boshhacha qilib aytganda, xalq orasida keng tarxalgan qadimiiy afsona va rivoyatlar biror shoirning ijodiy laboratoriyasida yozma adabiyot obidasiga aylantirilgan. Keyinchalik ular bevosita yoki bavosita turli yo‘l­lar bilan og‘zaki epik an'anaga moslashtirilgan holda baxshi­lar repertuariga o‘tgan.
Kitobiy dostonlar orasida yana shunday namunalar borki, ularning yaratilishida asos bo‘lgan manbani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘r­satish mumkin emas, ammo asarning temasi, uslubi, tasvir moxiyati kitobiy manbaga asoslanganligini va yozma adabiyotga yaqin turganligini aniq ko‘rsatadi. «Sanobar», «Zevarxon» kabi dos­tonlar shunday asarlardan xisoblanadi. Xorazm dostonchiligida, shuningdek, «Malikai Dilorom», «Tohir va Zuhra» kabi bir qancha dostonlarda og‘zaki va yozma adabiyotning juda murakkab formalariga, turli-tuman adabiy traditsiyalarning o‘ziga xos ravishda juda ham chatishib, chirmashib ketganligiga duch kelamiz. Bu murakkab jarayon hozirgacha maxsus tadqiqotlarga ob'ekt bo‘lganicha yuq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, yirik adabiyotshunos N. Mallaevning «Farhod va Shi­rin» hamda «Layli va Majnun» dostonlari bo‘yicha ko‘zatuvlari muhim ahamiyatga eta46.
Kitobiy dostonlarda qahramonlarning sevgi kechinmalarining lirik tomonlariga alohida e'tibor beriladi. Kahramon yor uchun ajoyib-g‘aroyib sarguzashtlarni boshidai kechiradi, oh-fig‘on chekadi, uzun monologlarda ayriliq alamidan zorlanadi, yig‘laydi, shikoyat qiladi, g‘ayritabiiy kuchlarga yolboradi, ya'ni qahramon kechinmalari ba'zan diniy, ba'zan o‘ta sentimental mohiyat kasb etadi. Kitobiy dostonlar ana shu xususiyatlari bilan ishq-muhabbat temasi asosiy o‘rin olgan sof folklor dostonlari («Rav­shan», «Kuntugmish» kabi)dan aljralib turadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin