Guliston davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə46/96
tarix16.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#182390
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
OZB FOLK UMK yangi

Nazorat savollari

  1. Folklorshunoslikning mustaqillikdan keyingi yutuqlari nimalarda ko‘rinadi?

  2. O‘zbek folklorshunosligida dolzarb mavzular sifatida nimalarni qayd etasiz?

  3. O‘zbek folklorshunosligining dunyo ilm-fanidagi o‘rni to‘g‘risida qanday qarashlar bor?


Foydalanish uchun adabiyotlar:

  1. Karimov I.A. “Alpomish” dostonining 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimida so‘zlangan nutq. “Xalq so‘zi” gazetasi 1999-y. 9-noyabr.

  2. Mirzayev T: Hodi Zarif suhbatlari. – Toshkent: SHAMS ASA. 2013.

  3. Musaqulov A. O‘zbek xalq lirikasi.–Toshkent: Fan, 2010. – 307 b.

  4. Jo‘rayev O‘zbek xalq samoviy afsonalari. - Toshkent.: "Fan", 1995;

  5. Turdimov Sh. «Go‘ro‘g‘li» dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari. –Toshkent: Fan, 2011. – 240 b.

  6. Eshonqul Jabbor. O‘zbek folklorida tush va uning badiiy talqini. –Toshkent: Fan, 2011. – 304 b.



GLOSSARIY
Doston – 1) turkiy xalqlar og‘zaki ijodidagi epik janr. Xalq og‘zaki ijodidagi D.lar voqeaband syujet asosiga qurilgan yirik hajmli asarlar bo‘lib, ular baxshi (oqin, jirov, manaschi)lar tomonidan musiqa (do‘mbira, qo‘biz va b.) jo‘rligida ijro qilingan, og‘izdan-og‘izga o‘tib bizgacha yetib kelgan. Bu jarayonda har bir ijrochi o‘zidan nimadir qo‘shgan, nimanidir tushirib qoldirgan va shu tariqa D.lar sayqallanib borgan. Xalq ijodidagi D.ning matniy qurilishi ijroga mos – unda nasriy va she'riy parchalar almashinib turadi: rivoya asosan nasrda amalga oshirilsa, qahramonlar orasidagi eng muhim dialoglar, ularning ruhiy holatlari, ta'rifu tavsiflar, ijrochi munosabati va sh.k. ko‘proq she'riy yo‘lda beriladi;
Epos. yun. epos — so‘z, hikoya — 1) badiiy adabiyot turi (lirika va drama b-n bir katorda); 2) xalqning qahramonona o‘tmishini aks ettiruvchi asar. Epos tor ma'noda, xalqning qahramonona o‘tmishini aks ettiruv­chi asarlardir. Dastlab epos qahramonlarning atrof-olamdagi yovuz kuchlar va buzuq niyatli odamlarga qarshi kurashi bayon etilgan asarlarni anglatgan. Qadimgi eposlarda voqea-hodisalarning talqin va tasvir etilish yo‘sini o‘sha davr kishilarining dunyoqarashi, e'tiqodi, ishonchlaridan kelib chiqqan. Eposning eng qadimiy namunasi sifatida ilmda oldinlari akkadlarniki deb sanalib kelingan, ammo keyinchalik barcha turkiy xalqlarga tegishli ekani aniqlangan «Gilgamish» dostoni hisoblanadi. Shuningdek, hindlar-ning «Ramayana» va «Mahabharata», Gomerning «Iliada» va «Odisseya», o‘zbeklarning «Alpomish», «Go‘ro‘g‘li», qirg‘izlarning «Manas», qozoqlar-ning «Qo‘blandi botir», ozarbayjon-larning «Ko‘ro‘g‘li», nemislarning «Nibelunglar haqida qo‘shiq», ispan-larning «Sid haqida qo‘shiq», fran-suzlarning «Roland haqida qo‘shiq», anglosaksonlarning «Beovulf», karel va finlarning «Kalevala», armanlarning «Sosunli Dovud», gurjilarning «Amiraniani» kabi asarlari ham xalq qahramonlik eposiga mansubdir.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin