Guliston davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə86/96
tarix16.12.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#182390
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96
OZB FOLK UMK yangi

O‘xshatish - narsa-buyumning ma'lum bir belgisini boshqa narsa-buyumga solishtirishdir. O‘xshatish fikrni yaqqol ifodalash imkoniyatini beradi.
Mubolag‘a narsa-hodisalarning xususiyat, belgilarini kuchaytirib, orttirib tasvirlashdir. Mubolag‘a muayyan narsa-hodisalarni boshqalaridan alohida ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘llanadi.


KEYSLAR BANKI
Keyslar uchun keys-stadi metodi asos sanaladi. Zero “Keys-stadi” - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921-yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim? (Who), Qachon? (When), Qaerda? (Where), Nima uchun? (Why), Qanday?, Qanaqa? (How), Nima-natija? (What).
Modul bo‘yicha quyidagi keyslarni yechish maqsadga muvofiq sanaladi:

1-keys. Folklorshunoslik fanida versiya va variant tushunchalari mavjud. Siz ijroning qaysi holatiga variant yoki versiya atamalri tegishli dib bilasiz?
Fikringizni asoslab bering.

2-keys. Folklor asarlarida ijrochi an’ana va epik bilimga asoslanadi. Uning ijro jarayonida tug‘ilgan yangiliklari qanday atama bilan yuritiladi va bu holatga folklorshunoslikning munosabati qanday?
Tushuntirib bering.
3-keys. Folklor atamasi g‘arb ilmiy olamida biz anglab qabul qilgandan ko‘ra boshqacha tushunchalarni ifodalaydi. Bu holat nima sababli payda bo‘ldi. Qaysi bir qarashni to‘g‘ ri deb bilasiz?
4-keys. Lirik qo‘shiqlar tarkibidagi olma, ro‘mol, tol, tog‘, g‘oz, o‘rdak, oq, qizil,qora obrazlarining ramziy ma'nolarini bilasizmi, ularning boshqa janrlar tarkibidagi tub ma'nosi lirik qo‘giqlar tarkibidagi ma'noga uyg‘unmi, o‘zgacha bo‘lsa nima sababli bu holatlar yuzaga kelgan?
5-keys: Ushbu topshiriqda maqol va topishmoqlar misol sifatida keltiriladi. Ularning mazmuni, ifoda shaklidagi uyg‘un va farqli jihatlar tahlil etiladi.


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin