TEST TOPSHIRIQLARI
1. Askiya hozirjavoblik musobaqasi sifatida qanday mezonga asoslanadi?
Vaqtida fikran hujum qilishga yoki chekinishga
Askiya mavzusini bilishga
Askiya mavzusidan chetga chiqmaslikka
So‘zga chechanlikka
2. Payrov nima?
Askiyachining g‘alabasi
Askiyachining yengilishi
Askiyachining uyalishi
Askiyaning mavzusi
3. Xalq og‘zaki ijodidagi askiya qaysi olim yoki olimlar tomonidan o‘rganiladi?
Rasul Muhammadyiev
Hodi Zarif
Hoshimjon Razzoqov
A va B
4. Bazzoz: “Yaktakning pulini bermaysizmi?” –degan savoliga Afandi qanday javob berdi?
“Siz xam shartimni bajarib olasiz”.
“Dadangiz olgan Qarzga o‘tib ketdi”.
“Yanagi jumada olasiz”.
“Shimni Qaytarib berdim-ku, nega pul to‘layman”.
5. Askiya hozirjavoblik musobaqasi sifatida qanday mezonga asoslanadi?
Askiya mavzusidan chetga chiqmaslikka
Vaqtida fikran hujum qilishga yoki chekinishga
Askiya mavzusini bilishga
So‘zga chechanlikka
15-mavzu: Tomosha san'ati
Reja:
1. O‘zbek xalq teatri va tomosha san’ati.
2. Tomosha san’atining an’analri va o‘ziga xos jihatlari
3. Xalq teatri an’analarining o‘rganilishi.
O‘zbek xalq teatri va tomosha san’ati an’analarining o‘ziga xosligi, bu folklor an’analarining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlarining tadqiq etilishi. O‘zbek xalq tomosha san'atining asosiy turlari, ijrochilari va ularning repertuari. Masxarabozlik, qiziqchilik, muqallid va askiyachilik san'ati. Og‘zaki drama va kulki-hikoyalarning mavzu yo‘nalishi va syujeti. Askiya janri va uning turlari. Og‘zaki dramalar poetikasi, syujet va motivlar talqini. Tomosha san'atining sinkretik tabiati.
Xalq teatri an'analarining M.Qodirov tomonidan o‘rganilishi. Uning asarlarida og‘zaki drama, masxarabozlar va qiziqchilar repertuaridagi asarlar tahlili. R.Muhammadiev va askiya janrning tadqiq etilishi.
Temur va temuriylar davrida tomosha san'ati. Xalq teatri an'analarining lokal tiplari va yetakchi ijodiy maktablari. Og‘zaki drama va tomosha san'ati an'analarining ommaviy bayramlar hamda xalq sayillaridagi o‘rni.
Drama. Yunoncha “drama” so‘zidan olingan bo‘lib, harakat, tanglik, mushkullik ma'nolarini bildiradi. Badiiy adabiyotda “drama” so‘zidagi harakat ma'nosi asos qilib olingan va muayyan voqyea-hodisani sahnada harakat orqali ifodalash tushunchasi nazarda tutiladi. Shubhasiz, mazkur harakat orqali so‘z vositasining yetakchiligini inkor qilish mumkin emas. Dramatik asarlarda vaqt, makon cheklangan bo‘ladi. Voqyeaning mohiyati drama ishtirokchilarining nutqlari bilan ochiladi.
Xalq og‘zaki ijodida dramatik janrlarni, Bahodir Sarimsoqov fikricha, og‘zaki drama, kulki – hikoya, qo‘g‘irchoqbozlik, askiya janrlari tashkil etadi. Bu asarlarni ijro qiluvchilar faqat og‘zaki nutqlari bilangina emas, tovush tovlanishi – intonatsiya, yuz, ko‘z, bosh, qo‘l harakatlarini ishga solib ham obraz yaratadilar. Oqibatda, tomoshabin tinglovchilarni o‘ziga jalb qiladigan teatrlashgan tomosha ko‘rinishi vujudga keladi.
Z.Husainova maqol va topishmoq o‘rtasidagi yaqinlik haqida to‘xtab shunday deydi: “Topishmoq ma'no va aytilishi jihatdan maqol bo‘lib kelishi mumkin. Bunday maqollar dastlab topishmoq tarzida vujudga kelib, keyinchalik maqolga aylangan. Til haqidagi
Birovni suydirar,
Birovni kuydirar.
Asaldan shirin,
Zahardan achchiq
topishmoqlari
Suydirgan ham til,
Kuydirgan ham til.
Shirin so‘z – shakar,
Achchiq so‘z – zahar
shaklida maqol sifatida qo‘laniladi”72.
Doston va ertaklardagi tasviriy mushtaraklik ham alohida tadqiqot yuritishga arziydigan mavzudir. Qahramonlarning tashqi qiyofasi, qiz – malikalarning go‘zalligi tavsifi shu qadar o‘xshash tasvirlanadiki, ba'zan matnni o‘qiyotganimizda asar doston yoki ertak ekanini unutib qo‘yamiz. Masalan, “Malika ayyor” dostonida Shozargar vaziyat taqozosi bilan sichqonga, uzukka, tishi olmos kalamushga, boshi olmos o‘q ilonga, va nihoyat, kal qiyofasidagi qimorbozga aylanadi. Dostonining bu sahifalari ko‘proq ertaklardagi transfiguratsiya (bir qiyofadan boshqa qiyofaga o‘tish) usulini eslatadi.
Bundan tashqari afsona, rivoyat, ertak, doston matnlarida o‘nlab maqollarning qo‘llanilishiga guvoh bo‘lamiz. “Alpomish” dostoning o‘zida:
Chichqon ini ming tanga bo‘ldi.
Elakka borgan xotinning ellik og‘iz gapi bor
kabi bir qator maqol, matal, hikmatli so‘zlar asar matnini bezab turibdi.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari, ularning tarkibi, avvalo, ularning jins, tur, janrlarga bo‘linishidan tashqari bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Janrlararo yaqinlik og‘zaki ijodning asrlar davomida dunyoqarashi jihatidan yaqin ijodkorlarning iqtidori mahsuli natijasi sifatida baholanishi mumkin. Og‘zaki asar qaysi janrga taalluqli ekanidan qat'i nazar yosh avlodning barkamol farzand bo‘lib yetishishini ta'minlash maqsadini amalga oshirishda xalq xizmatida bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |