Guliston davlat universiteti akvakultura fanidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 492,6 Kb.
səhifə26/33
tarix21.12.2023
ölçüsü492,6 Kb.
#188161
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
portal.guldu.uz-Аквакультура


Foydalaniladigan adabiyotlar.


1.S.P.Naumov. Umurtqali hayvonlar zoologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
2.G‘.K.Komilov., R.B.Kurbonov., T.V.Salixov Baliqchilik. Toshkent, 2003.
3.A.P.Ivanov. Rыbovodstvo v estestvennыx vodoyomax T. 1988.
4.Z.T.SHoturaev,. P.Baratov. O‘rta Osiyoning sun’iy ko‘llari. T. 1972.
5.T.Z. Zohidov Zoologiya ensiklopediyasi. T. 1979.
6.G‘.K.Komilov. Rыbы basseyna reki Zarafshan. T . FAN . 1956.
7.B.E. Bixovskiy va b. Zoologiya. T. O‘qituvchi, 1989.
8. MAVZU: IKKI PALLALI MOLLYUSKALAR
Reja:

  1. Ikki pallali mollyuskalar haqida nazariy ma’lumotlar.

  2. Ikki pallali mollyuskalar ichki tuzilishi va yoshini o’rganish.

  3. Mustaqil ish topshiriqlari.

  4. Testlar.

Darsning maqsadi: Talabalarga ikki pallali mollyuskalarning hayot kechirishi va tashqi tuzilishi, oziqlanishi, nafas olishi, õon aylanishi va ayirish sistemasi, ko’payishi haqida nazariy ma’lumotlar berish, amaliyotda ikki pallali mollyuskalar ichki tuzilishini va chig’anoqqa qarab yoshini aniqlashni 1-rasmdan o’rganish, kõnikmalarni shakllantirish.
Dars õtish vositalari: Ikki pallali mollyuskalar ichki tuzilishi tasvirlangan 1-rasm. O’quv va uslubiy qõllanmalar, daftar, qalam, ish daftari, ikki pallali mollyuska chig’anog’i.
Dars o’tish usullari: Dars savol - javob, takrorlash va suhbat, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni muhokama qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarni mustaqil erkin fikrlash va fikrlarini bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu bo’yicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo’lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarini bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan tahlil qilinadi.
Darsning mazmuni:
Ikki pallali mollyuskaning hayot kechirishi va tashqi tuzilishi. Suv shiliqqurti yashaydigan suv havzalarida boshqa mollyuska - ikki pallali mollyuskani ham uchratish mumkin. Ikki pallali mollyuska suv tubida tanasining yarmi bilan balchiqqa ko’milib yashaydi. Tuxumsimon chig’anog’ining uzunligi 10 sm ga yetadi. Chig’anog’ining oldingi uchi yumaloq, orqa uchi bir oz uchli bo’ladi. Chig’anog’i ikkita - o’ng va chap simmetrik pallalardan iborat. Bu pallalar elastik pishiq paylar yordamida yelka tomon qirralari bilan o’zaro birikadi. Pallalar qorin tomonida bir-biridan uzoqlashib, orasi ochilishi mumkin; bu oraliqdan ikki pallali mollyuska oyog’ini tashqariga chiqaradi. Ikki pallali mollyuskaning boshi bo’lmaydi (Izzatullayev, Boymurodov, 2004).
Ikki pallali mollyuska oyog’i yordamida suv tubida sekin harakatlanadi. U soatiga 20-30 sm yo’l bosadi. Bezovtalangan ikki pallali mollyuska oyog’ini tezda tortib oladi va tanasida bir pallani ikkinchi pallaga tutashtiradigan ikkita yopuvchi-muskul yordamida chig’anog’i yopiladi. Muskullari bo’shashganda chig’anoq pallalari prujinasimon pay ta’sirida ochiladi. Ikki pallali mollyuska va chig’anog’i ikki palladan iborat bo’lgan mollyuskalar ikki pallali chig’anoqlilar sinfiga kiritiladi.

Yüklə 492,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin