8.2. Ikki pallali mollyuskalarning ichki tuzilishi va yoshini o’rganish. Ikki pallali mollyuskalarning ichki tuzilishini o’rganishda 7-rasmdan foydalaniladi. Rasmda tasvirlangan ikki pallali mollyuskalarning mantiyasi, jabralari, kirish sifoni, chiqarish sifoni, yopuvchi muskuli birikadigan joy, oyog’i, chig’anoq pallasi, yopuvchi muskuli chizib olinib o’rganiladi. Ikki pallali mollyuskalar chig’anog’ining orqa uchida mantiyaning o’ng va chap pallalari bir-biriga zich yopishadi, ammo ular o’rtasida ikki teshik - sifon qoladi. Jabralar va mantiya pallalarining ichki tomoni kiprikchalar bilan qoplangan. Ular to’xtovsiz tebranib, pastki sifon orqali mantiya oralig’iga suv tortib turadi. Suv bilan har xil sodda hayvonlar xivchinlilar, infuzoriyalar, va mayda qisqichbaqasimonlar, ham kiradi. Ular suv oqimi bilan mollyuska oyog’ining asosiga yaqin joylashgan og’ziga boradi.
Ikki pallali mollyuskaning chig’anog’i olinib, chig’anoqqa qarab uning yoshi aniqlanadi. Ikki pallali mollyuska chig’anog’i ohakdan iborat. Sirti yashil - jigar rang shoxsimon modda bilan qoplangan (Izzatullayev, Boymurodov, 2004). Ichki tomoni oqish, kamalak ranglarda tovlanuvchi sadaf bilan qoplangan. Marvariddor chig’anoqlari orasiga tasodifan kirib qolgan qum donasining atrofi sadaf bilan o’ralishi mumkin. Bu vaqtda yaltiroq sharcha - marvarid hosil bo’ladi.
7-rasm. Ikki pallali mollyuskalarning chig’anog’i va ichki tuzilishi (Boymurodov, 2004). 8.3. Mustaqil ish topshiriqlari. Yashayotgan joyingizdagi suv havzalarida ikki pallali mollyuskalarni tarqalishini o’rganing.
Ikki pallali mollyuskalarning ichki tuzilishi haqida ma’lumot bering.
Ikki pallali mollyuskalarning ahamiyati haqida nimalarni bilasiz.
8.4. Testlar Ikki pallali mollyuska suv tubida qanday yashaydi?
A) Tanasining yarmi bilan balchiqqa kõmilib yashaydi.
V) Bentos holatda yashaydi
S) Suvning tubida yashaydi
D) Botqoqliklarda
E) Hama javoblar to’g’ri
2. Ikki pallali mollyuska chig’anog’i nimadan iborat?
A) O’ng va chap simmetrik pallalardan iborat
V) Ikki palladan iborat
S) Shoxsimon modda bilan qoplangan
D) Sirti yashil - jiagar rang bilan qoplangan
E) Alyuminiy bilan qoplangan
3.Ikki pallali mollyuskalar qanday harakatlanadi?
A) Oyog’i yordamida suv tubida sekin harakatlanadi.
V) Mollyuska bentos holatida yashaydi.
S) Yarmi bilan balchiqqa kõmilib yashaydi
D) V. S. javoblar to’g’ri.
E) Barcha javoblar noto’g’ri
4. Mollyuskaning ikki pallasi qanday yopiladi?
A) Yopuvchi-muskul
V) O’z-o’zidan
S) Paylar ta’sirida
D) Muskullari yordamida
E) Havo orqali
5. Ikki pallali mollyuska chig’anog’i sirti nima bilan qoplangan?
A) Sirti yashil - jigar rang shoxsimon moda bilan qoplangan.
V) Ohakdan iborat.
S) Teri bilan qoplangan
D) Põst bilan qoprlangan
E) To’g’ri javob yo’q
6. Chig’anoqning ichki qismi nima bilan qoplangan?
A) Sadaf bilan
V) Shoxsimon modda bilan
S) Ohakdan iborat
D) Shilimshiq modda
E) To’g’ri javob yo’q
7. Marvarid qanday hosil bo’ladi?
A) Tasodifan kirib qolgan qum donasining atrofini sadaf bilan o’ralishidan.
V) O’z-o’zidan hosil bo’ladi
S) Mollyuska ikki yoshidan oshgandan so’ng
D) Mollyuskaning o’sishi vaqtida
E) Tasodifan kirib qolgan sadafning o’ralishidan
8. Mollyuska jabralari va mantiya pallalarining ichki tomoni nima bilan qoplangan?
A) Kiprikchalar bilan qoplangan
V) Teri bilan qoplangan
S) Shoxsimon modda bilan qoplangan
D) Tishchalar bilan qoplangan
E) Barcha javoblar to’g’ri
9. Mollyuska nerv sistemasi nimadan iborat?
A) Uch juft nerv tugunidan iborat
V) Ikki juft nerv tugunidan iborat
S) Tõrt juft nerv tugunidan iborat
D) Besh juft nerv tugunidan iborat.
E) Olti juft nerv tugunidan iborat
10. Suv havzalarida ikki pallali mollyuska qanday tarqaladi?
A) Baliqlar yordamida tarqaladi
V) Suv oqimi yordamida tarqaladi
S) Harakatlanib tarqaladi
D) O’simliklarga yopishib tarqaladi
E) Hamma javoblar to’g’ri