Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/145
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179513
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

oʻrnatish
 
Tarmoq operatsion tizimining strukturasi 
Tarmoq operatsion tizimi har qanday hisoblash tarmog`ining asosini tashkil 
etadi.
Tarmoqdagi har bir kompyuter ma’lum bir darajada avtonom hisoblanadi, 
shuning uchun tarmoq operatsion tizimi ostida keng ma’noda ma’lumotlar 
almashish maqsadida o`zaro aloqa qiluvchi va resurslarni bitta qoida – 
protokollar asosida taqsimlab beruvchi alohida kompyuterlar operatsion 
tizimlarining yig`indisi tushuniladi. Tor ma’noda 
Tarmoq operatsion tizimi – 
bu alohida kompyuterning unga tarmoqda ishlashni ta’minlab beruvchi
operatsion tizimidir.


10.
 
1-Rasm.
Tarmoq operatsion tizimining strukturasi. 
Alohida mashinaning tarmoq operatsion tizimida bir qancha qismlarni ajratish 
mumkin (10.1-rasm.):
*
Kompyuterning lokal resurslarini boshqarish vositalari: jarayonlar 
o`rtasidagi operativ xotirani taqsimlash funktsiyalari, jarayonlarni 
rejalashtirish va dispetcherizatsiyalash, multiprotsessor mashinalarida 
protsessorlarni boshqarish, periferiya qurilmalarini boshqarish va 
lokal 
operatsion 
tizimi 
resurslarini 
boshqarishning 
boshqa 
funktsiyalari.
*
Shaxsiy resurslar va hizmatlarni umumiy foydalanishga taqdim etish 
vositalari - operatsion tizimning server qismi (server).Bu vositalar 
fayllar va yozuvlarni birgalikda ishlashida kerak bo`ladigan 
himoyasini, tarmoq resurslari ismlarini ma’lumotnomasini olib 
borishni, shaxsiy fayl tizimi va ma’lumotlar bazasiga masofadan 
ruhsat 
berish 
so`rovlarini 
qayta 
ishlashni, 
masofadagi 
foydalanuvchilarni o`zining periferiya qurilmalariga so`rovlari 
navbatini boshqarishni ta’minlaydi.
*
Masofadagi resurs va hizmatlarga bo`lgan ruxsat so`rovlari vositasi 
va ularni ishlatish – OT ning klient qismidir (redaktor). Bu qism 
aniqlanishni va ilovalardan va foydalanuvchilardan so`rovlar 
tarmog`idagi uzoqlashtirilgan resurslarga qayta yo`naltirishni 
bajaradi, shu bilan birga so`rov lokal formadagi ilovalardan tushadi, 
lekin tarmoqqa server talablariga to`g`ri keladigan boshqa formada 
uzatiladi.Klient qism yana server javoblarini qabul qilish va ularni 
lokal formatga o`tkazishni ham amalga oshiradi, shuning uchun 
ilovada lokal va uzoqlashgan so`rovlarni bajarishni farqi yo`q.
*
OT ning kommunikatsion vositalari yordamida tarmoqda ma’lumot 
almashinishi ro`y beradi. Bu qism ma’lumotlarni adresatsiyasi va 
buferizatsiyasini, tarmoqda ma’lumot uzatish marshrutini tanlash


uzatish ishonchliligi kabilarni ta’minlaydi, ya’ni ma’lumotlarni 
o`tkazib qo`yish vositasi hisoblanadi.
Biror konkret kompyuterga qo`yilgan funktsiyaga qarab uning operatsion 
tizimida yo klient qismi yo server qismi yo`q bo`lishi mumkin.
10.2 – rasmda tarmoq komponentlarini o`zaro aloqasi ko`rsatilgan. Bu 
yerda kompyuter 1 “sof” klient vazifasini, kompyuter 2 esa “sof” server 
vazifasini bajaradi, mos ravishda birinchi mashinada server qismi ikkinchi 
mashinada klient qismi yo`qdir. Rasmda klient qismining redirektor 
kom`onentasi alohida ko`rsatilgan. Xuddi shu redirektor ilovalardan 
kelayotgan hamma so`rovlarni ushlab oladi va ularni tahlil qiladi. Agar 
berilgan kompyuter resursiga so`rov jo`natilagn bo`lsa, unda u lokal OT ning 
taaluqli osttizimiga qayta adreslanadi, agarda bu so`rov uzoqlashtirilgan 
resursga bo`lsa, unda u tarmoqqa qayta yo`naltiriladi. Bunda klient qism lokal 
formadan tarmoq formatiga o`tuvchi so`rov yaratadi va uni ko`rsatilgan 
serverga ma’lumotlar yetkazilishiga javob beruvchi transport osttizimiga 
beradi. Kompyuter 2 OTning server qismi so`rovni qabul qiladi, qayta ko`radi 
va uni o`zining lokal OT sini bajarish uchun berib yuboradi. Natija olingan 
keyin, server transport osttizimiga murojaat qiladi va so`rov bergan klientga 
javobni yuboradi. Klient qism natijani kerakli formatga o`tkazadi va uni so`rov 
jo`natgan dasturga qayta adreslaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin