•
kompyuter platformalarini, shu jumladan multiprocessorli hisoblash
tizimlarining keng spektrini qo‘llab-quvvatlash.
WINDOWS NT OT ning birinchi versiyasi bozorda 1993 yilda paydo bo‘ldi,
hozirgi vaqtda esa uning 3. 0 va 4. 0 versiyalari turli xil tashkilotlar, banklar,
sanoat
korxonalari
va
shaxsiy
foydalanuvchilar
tomonidan
keng
qo‘llanilmoqda.
Windows ni ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir:
Universal grafika - Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga
bog‘liqsizligini ta'minlaydi.
Yagona interfeys - Windows da foydalanuvchining muloqati yagona, ya'ni turli
dasturlar bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalaninishingiz mumkin.
Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofikligi - Windows MS DOS ning barcha
amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi.
Ko‘p masalaligi- Windows bir paytning o‘zida bir necha hujjat va dasturlar
bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o‘tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor
hotiradan to‘liq foydalanish imkoniyati mavjud. qurilma resurslaridan ham
to‘liq foydalaniladi. Windows qurilmalari ora sidagi muloqotni dasturlarning
o‘zi ta'minlaydi.
Ma'lumotlar almashinuvi - Windows dasturlararo ma'lumot almashish
imkoniyatiga ega. Bu mahsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki
DDE (Dinamic Data Exchangema'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni
boshqa dastur natijalardan foydalanishi), OLE (Obiect-Linking Emboding-
dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan ?olda foydalanish) yordamida
amalga oshiriladi.
Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o‘rgatishga
talablar
kamayadi
va
tajribali
foydalanuvchilar
tizimining
yangi
imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o‘zi o‘rganishi mumkin. Buning uchun
“Pusk”- ishga tushirish tugmasidan, masalalar panelidan, Provodnik dasturidan,
yordam berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.
MICROSOFT
firmasi
WINDOWS
dasturini
1983
yilda
yaratib,
dastlab,WINDOWS-3.1WINDOWS-3.11
versiyalari,
WIDOWS-95,
WINDOWS-98 , WINDOWS-2000 , keyinchalik esa WINDOWS-XP versiyasi
yaratildi va Respublikamizda ayni vaqtda oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari
o‘quv jarayonida qo‘llanilmoqda. Windows so‘zining ma'nosi
“darchalar”,”oynalar”. Windowsga kirganda dasturlar oynalarda bajariladi.
Oynalarning piktogrammalarga kichraytirish mumkin. Bu esa ekrandan unumli
foydalanish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: