Dasturni vaksinatsiyalash deganda, uning yaxlitligini nazorat qilish
maqsadida maxsus modulning yaratilishi tushuniladi. Fayl yaxlitligining tavsifi
sifatida, odatda, nazorat yig'indisidan foydalaniladi.Vaksinatsiyalangan fayl
zaharlansa, nazorat moduli nazorat yig‘indisining o‘zgarishini aniqlaydi va
foydalanuvchini bu xususda ogohlantiradi.
Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalardan foydalanish viruslardan
himoyalanishning eng ishonchli metodi hisoblanadi. Hozir shaxsiy
kompyuterlarni himoyalashda maxsus nazoratchilar va ularning dasturiy
ta’minotidan foydalaniladi. Nazoratchi umumiy shinadan foydalana oladi va
shu sababli disk sistemasiga bo'lgan barcha murojaatlarni nazorat qila oladi.
Nazoratchining dasturiy ta’minotida ishlashning oddiy rejimida diskning
o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan qismlari xotirlanadi.
Viruslarga qarshi apparat-dasturiy vositalar quyidagi afzalliklarga ega:
•
doimo ishlaydi;
•
ta’sir mexanizmidan qat’i nazar barcha viruslarni aniqlaydi;
•
virus ta’siri yoki malakasiz foydalanuvchi ishi natijasidagi ruxsatsiz
harakatlarni to'xtadi.
Bu vositalarning shaxsiy kompyuter apparat vositalariga bog‘liqligini
ularning kamchiligi sifatida ko'rsatish mumkin. Viruslar ta’siri oqibatlarini
yo'qotish jarayonida viruslar yo‘qotiladi hamda virus tushgan fayllar va xotira
qismlari tiklanadi. Viruslarga qarshi dasturlar yordamida viruslar ta’siri
oqibatlarini yo‘qotishning ikki metodi mavjud.
Birinchi metodga binoan, sistema ma’lum viruslar ta’siridan so‘ng
tiklanadi. Virusni yo‘qotuvchi dastumi yaratuvchi virusning strukturasini va
uning yashash makonida joylashish tavsifini bilishi shart.
Ikkinchi metod noma’lum viruslar bilan zaharlangan Fayllarni va
yuklama sektorni tiklashga imkon beradi. Fayllarni tiklash uchun tiklovchi
dastur fayllar xususidagi joyda viruslar yo'qligidagi axborotni oldindan saqlashi
lozim. Zaharlanmagan fayl xususidagi va viruslar ishlashining umumiy
prinsiplari xususidagi axborotlar fayllarni tiklash imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: